Nuriddin Xoliqnazarov




Nuriddin Xoliqnazarov (tugʻ. 1968-yil, Asaka, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek din arbobi va ilohiyotshunosi, muftiy, 2021-yil 19-oktyabrdan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi.

Biografiya



Nuriddin Xoliqnazarov 1968-yilda Asaka shahrida tugʻilgan. 1992-yilda Miri Arab madrasasini, 1998-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini, 2007-yilda Fargʻona davlat universitetini tugatgan.

Faoliyati davomida Asaka shahridagi Ahmadali Maxdum masjidi imom-xatibi, Toshkentdagi Oq tepa masjidi imom-xatibi lavozimlarida ishlagan. Nuriddin Xoliqnazarov, shuningdek, Kukeldash madrasasida, Andijon viloyatida Sayid Muhyiddin Maxdumda oʻqituvchi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi boʻlib ishlagan.

2019-yil avgust oyida Nuriddin Xoliqnazarov Toshkentning bosh imom-xatibi etib tayinlandi. 2021-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston bosh muftiysi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi etib saylandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz