Nuriddin Muhiddinov
Nuriddin Akramovich Muhitdinov (1917, Toshkent - 2008) — davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ institutini tugatib (1938), turli lavozimlarda ishladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1946-yildan uning siyosiy faoliyati boshlandi. Namangan viloyati partiya qoʻmitasi kotibi va 1-kotibi (1947— 50), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1950—51), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1951—53, 1954-55), Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri (1953—54), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1955—57), KPSS MK kotibi (1957—61). KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod (1956—57), aʼzo (1957—61). Sentrosoyuz boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1962—66), SSSR Ministrlar Soveti Xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar komiteti raisining 1-oʻrinbosari (1966—68), SSSRning Suriyadagi elchisi (1968—77), SSSR savdosanoat palatasi raisining oʻrinbosari (1977—85), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining maslahatchisi (1986—87), "Yodgorlik" tarixiy madaniy meros jamiyati raisi (1987—96), "Oltin meros" Xalqaro xayriya jamgʻarmasi bosh maslahatchisi (1996)
Hayoti
Toshkent shahar chetidagi Allan qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan (hozirgi Toshkentning Shayxontohur tumanidagi „Oklon“ mahallasi). Millati oʻzbek. Otasi qishloq kengashining raisi boʻlgan, onasi esa attorlik buyumlari va choy sotish bilan shugʻullanadigan odamning qizi edi. Otasining soʻzlariga koʻra uning bobosi Hasan ibn Ali boʻlgan. 1932-yilda u komsomolga qoʻshildi. 1935-yilda Muhiddinov oʻrta maktabni va kooperativ texnik maktabni, 1938-yilda sirtdan Butunittifoq kooperativ institutini tugatgan. 1938-yil 12-martda Nuriddin Muhiddinov „Anti-Sovet Trotskiistik blok“ ishidagi majlislardan biriga qabul qilindi.
1939-1946-yillarda — Qizil Armiyada (SSSR Qizil Armiyasi) komsomol va siyosiy ishlarda ishlagan. 1939-yilda u Gʻarbiy Ukrainada Qizil Armiyaning yurishida qatnashgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org