NURIDDIN



NURIDDIN (? -1440) – No’g’ay O’rda xoni (1426-40). Edigey (Idiqu)ning kichik o’g’li. Nuriddin otasi siyosatini davom ettirgan, No’g’ay O’rdaning mustaqilligini mustahkamlash yo’lida ko’p tadbirlarni amalga oshirgan. Uning ismi keyinchalik majoziy ma’no kasb etgan: Nuriddin — No’g’ay O’rdada valiahd (mamlakat g’arbiy qismining harbiy boshlig’i).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz