Nurbol Zhumaskaliyev




Nurbol Zhumaskaliyev (talaffuzi: Nurbol Jumaskaliyev) — nafaqadagi qozogʻistonlik hujumkor yarim himoyachi, „Tobol“ klubining sobiq bosh murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida Qoozgʻiston milliy terma jamosi sharafini himoya qilgan.

Faoliyati



Ilk faoliyat yillari



Nurbol 11 yoshida mamlakatdagi eng iqtidorli yoshlarni topish maqsadida tashkil etilgan „Namys“ (Almati) yoshlar klubiga tanlab olingan. Uning birinchi murabbiyi Talgat Nurmagambetov boʻlgan.

Klubdagi faoliyati



Nurbol katta futbolchilik faoliyatini „Akjayik“ klubida boshlagan va keyingi mavsumda „Jetisu“ klubiga koʻchib oʻtgan. 2000-yilda Nurbol „Tobol“ jamosiga oʻtgan va u yerda oʻzining oʻyinlari va jamoaviy harakati uchun klub sardori boʻlgan. Yevrokuboklarda 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2016-yilning 16-oktabr kuni „Tobol“ jamosining "Akjayik "ga qarshi oʻyinida (1:0) qoʻpol va haqoratomuz soʻzlari uchun maydondan maydondan chetlatilgan. Bundan tashqari Zhumaskaliyev 7 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan. Zhumaskaliyev 2016-yil dekabr oyida „Tobol“ jamoasini tark etgan.

2017-yil 30-iyun kuni Zhumaskaliyev oʻzaro kelishuvga koʻra shu vaqtgacha tarkibida boʻlib turgan klubi Irtish Pavlodarni tark etgan.

2018-yilning 27-dekabr kuni „Tobol“ klubi Zhumaskaliyev yangi sport direktori etib tayinlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati



Nurbol 20 yoshida ilk bor 2001-yilning 16-oktyabrida Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Qozogʻiston terma jamoasi safida maydonga tushgan. U dastlab JCh-2006 saralashida Ruslan Baltiev jarohat olganligi tufayli uning oʻrniga terma jamoaga chaqirilgan edi. Biroq Baltiev jarohat forigʻ boʻlib, terma jmoadagi oʻz oʻrnini tiklagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollari




Yutuqlari



Klub



Tobol
- Qozogʻiston Premyer-ligasi (1): 2010-yil

- Qozogʻiston kubogi (1): 2007

- UEFA Intertoto kubogi (1): 2007-yil

Shaxsiy yutuqlari



- 2003, 2005, 2010 Qozogʻiston FF „Yilning eng yaxshi futbolchisi“

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz