Nurbaxshiya tariqati
Nurbaxshiya - shia sufiy
tariqati. XV asr boshida kubraviylik tariqatidan uning
shialikdagi tarmog'i sifatida ajralib chiqqan. Asoschisi
- sayyid Muhammad ibn Muhammad Nurbaxsh (1392-1464),
bahraynlik arab bo'lgan. U o'z shajarasini shia imomi Muso
Kozimga bog'lagan. Shia shayxi Xoja Ishoq Xuttaloniyning
muridi bo'lgan. Qurъon va «barcha fanlar»ni yaxshi
o'zlashtirgani uchun ustozi unga Nurbaxsh laqabini hamda
o'zining vafot etib ketgan ustozi Kubraviylar shayxi
sayyid Ali Hamadoniyning hirqasini berib, xonaqohga
bosh bo'lishni topshirgan. Nurbaxsh tarafdorlari uni
adolat o'rnatish uchun kelgan imom-maxdiy va xalifa deb
eъlon qilganlar. Irokda uning shaъniga atab tangalar zarb
etilgan va xutbalar o'qilgan. Uning dovrug'i Kurdiston,
Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh
davrida (1405-1447) Nurbaxshiya tariqati qattiq quvg'in
ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi
kichik qishlokda shogirdlari orasida o'tkazgan.
Nurbaxshiya g'oyalari Eronda safaviylar taъlimotini
qaror topishiga zamin hozirlagan. Nurbaxshiya taъlimoti
Muhammad Nurbaxshning «ar-Risola al-eъtiqodiya» va «al�Fiqhal-ahvat» kabi asarlarida bayon etilgan.
Nurbaxshiya tariqatidagi o'ziga xosliklar.Nurbaxshiya
taъlimoti negizida ikki imomlikka eъtiqod qilish
yotadi: haqiqiy (haqiqiya) va qo'shimcha (izofiya), ularni
shuningdek, «katta jihod» va «kichik jihod» deb ham
ataydilar. Imomning tashqi va maъnaviy sifatlari
majmuasi «kichik jihod» deb ataladi. Haqiqiy imom,
bo'lib valiy darajasiga ham
etishi lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (r.a.) erishgan.
«Kichik jihod» belgilarini valiylik bilan uyg'unlashuvi,
Nurbaxshning fikricha, «katta jihod»ni tashkil qilgan.
Nurbaxsh Muhammad (a.s.) davrlaridagi urf-odatlarni
tiklash va saqlab qolishga, «yangi udumlar»ni (bidъat)ni
bekor qilishga daъvat qilganini ko'rish mumkin.
N e ъ m at u l l o h i y l ar n i n g so bi q sh ay xi J avod
N u r b axsh n i n g «U l ug' jin - I b l i s» k i t o b i d a
nurbaxshiylikka oid ayrim qarashlarni ilgari suradi.
Uning fikriga kura, Iblisning Odamga sajda qilmagani
bu uning xohishi bilan emas, Yaratganning istagi bilan
amalga oshgan. Uning bunda hech bir gunohi yo'kdir. Iblis
Yaratganning eng sodiq oshig'i bo'lib, hatto Xudo o'zi buyursa
ham odamga sajda qilishni shirk hisoblab, bu ishdan bosh
tortgan. Farishtalardan ulug'ligi shundaki, ular Odam
yaralgan chog'da unga taъzim qilib egildilar, Iblis esa
bu holatni tavhidga zid bilib, rad etdi. Tavhidga eng
sodiq maxluq Iblisdir va igu kabi bir qancha qarashlarni
ilgari suradi. Bu kabi qarashlar aqidada adashish va turli
ixtiloflarni keltirib chiqaradi.
Javod Nurbaxsh «Iso sufiylar nigohida» risolasida
mazkur fikrni qayd etadi : «Suf i ylar aytadi:
«Avliyolik Odam Atodan boshlanib, Isoda intihosiga
etgan». Maъlumki, nurbaxshiylar bugungi kunda Evropa
mamlakatlari hamda Rossiyada o'z tarafdorlariga ega bo'lib
bormoqdalar. Mazkur hudud vakillari xristian diniga
mansubligini hisobga olgan holda ularga moslashish va
xristianlikdagi baъzi jihatlarni nurbaxshiyada tatbiq
etish holati kuzatilmoqda. «Iso sufiylar nigohida»
kitobi to'lig'icha Iso payg'ambarga bag'ishlangan bo'lib, unda
keltirilgan fikrlar kishida xristianlik va islom ikki
nomdagi bir din ekan degan yanglish tushunchani uyg'otadi.
Bir qarashda dinlararo yaqinlikni o'rnatayotgandek
ko'ringan mazkur risolada eъtiqodga taalluqli qaltis
fikrlarni ko'rish mumkin.
Ushbu shia tariqati aslida xristianlik g'oyalarini
o'ziga ko'proq singdirgani ko'rinadi. Bu esa ushbu tariqat
g'oyalarini yanada kengroq: nafaqat musulmon olami, balki
xristian olamida ham yoyishga bo'lgan harakatlarini
ko'rsatadi.
Nurbaxshiya tariqatining hozirgi kundagi faoliyati.
1974 yilda Javod Nurbaxsh g'arbda - Londonning markazida
neъmatullohiya xonaqohini ochdi. Keyinchalik esa tariqat
xonaqoxdari AQShning San-Frantsisko, so'ngra N`yu-Yorkda
ochildi.
keyingi yillarda Vashington, Boston,
Los-Anjeles, Santa-Krus, Sietl, Chikago, Sante-Fe va San�Diegoda xonaqohlar ochadi. Tariqat aъzolari ko'paygani
sari yana ko'plab xonaqohlar - Avstraliya, Afrika, Kanada,
Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Shvetsiya va Niderlandiyada
bunyod etildi. G'arbda o'z tariqatini kengaytirish va
g'arblik o'quvchilar uchun J. Nurbaxsh o'zining sufiylikka
oid asarlarini ingliz tiliga tarjima qildi. Uning
ilk ingliz tiliga tarjima qilingan kitobi «Xarobalar
ichra Mayxona. Sufiylik haqida ettita insho» asari
edi. Keyinchalik, 35dan ortiq kitoblari ingliz tiliga,
shuningdek, ulardan bir qanchasi fransuz, nemis, ispan,
ital`yan va rus tillariga tarjima qilindi.
1989 yilda J. Nurbaxsh o'g'li Alirizo Nurbaxsh
muharrirligi ostida chop etiladigan «Sufiy» jurnaliga
asos soldi. Mazkur jurnal bir yilda to'rt marta nashr
qilinadi. Yillar o'tishi bilan, ushbu jurnalda mashhur
yozuvchi va olimlardan Annemari Shimmel`, Sayyid
Husayn Nasr, Uil`yam Chittik, Gerbert Meson, Karl Ernst,
Xaston Smit, Robert Blay va R. L. Treverslarning ilmiy
maqolalari, hikoya va sheъrlari chop etildi.
Markazda J. Nurbaxsh asosiy maъruzachi sifatida
ishtirok etgan bir necha xalqaro konferentsiyalar
o'tkazildi. Birinchi va uchinchi konferentsiyalarga
markazdan tashqari London universiteti qoshidagi Afrika
va Sharq mamlakatlarini o'rganish maktabi homiylik
qildi. Konferentsiyada Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya,
Gollandiya, Shvetsariya va AQShdan tashrif buyurgan bir
qancha taniqli olimlar, sufiyshunoslar qatnashdilar.
1992 yil may oyida, Vashingtonda o'tkazilgan ikkinchi
konferentsiyaga ham markazdan tashqari J. Vashington
universiteti homiylik qildi. Hozirgi kunda ushbu tariqat
rahnamosi Javod Nurbaxshning o'g'li Alirizo Nurbaxshdir.
Manbalar
uz.wikipedia.org