Nuraliyev Haydarali




Haydarali Nuraliyev (1944.10.12, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1998). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1969). 1969—78 yillarda Toshkentdagi "Suvenir" fabrikasida naqqosh, bosh usta lavozimida ishladi. 1978-yildan "Us to" birlashmasida naqqosh usta. Koʻp yillar davomida ustozi Hakim Jalolov guruhi bilan Oʻzbekistonning koʻplab madaniy, maʼmuriy binolari shift va devorlariga kurkam bezaklar ishlashda mahorat koʻrsatdi. Ayniqsa, "islimiy" naqshlar ishlashda yutuklarga erishdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi interyerlari va boshqa ga ishlagan naqshlari naqqoshlik sanʼati namunalari hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz