Nurali Qobul




Nurali Qobul (Nurali Qobulovich Xolboʻtayev; 1950-yil 2-yanvar, Jizzax, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik tarixchi, yozuvchi, shoir hamda tarjimon.

Tarjimai holi



Nurali Qobul 1950-yilning 2-yanvarida Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi Usmat qishlogʻida tugʻilgan. Oliy taʼlimdagi hayoti Mirzo Ulugʻbek nomli Fargʻona davlat pedagogika instituti tarix fakulteti bilan bogʻliqdir. Jizzax shahridagi Bobur nomli 22-oʻrta maktabda tarix fanidan dars beruvchi oʻqituvchi, (1969—1970), „Gʻalaba bayrogʻi“ gazetasida tahririyat boʻlim boshligʻi (1971—1973), „Jizzax haqiqati“ gazetasida muxbir (1973—1976), „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1977—1986), „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, direktor (1987—1996) vazifalarida xizmat qilgan.

Ijodi



Nurali Qobulning „Oyqor“ nomli birinchi qissa va hikoyalar toʻplami 1978-yilda nashr etildi. Shundan soʻng, uning „Salom, togʻlar“ (1979), „Tubsiz osmon“ (1981), „Yashash uchun kechikma“, „Kaptarlar qaytmagan kun“ (1983), „Unutilgan sohillar“ (1988), „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“ (1992), „Yetti iqlim xoqoni yoxud ahd va taxt“ (2013) kabi roman, qissa va hikoyalar kitoblari, „Odam, Oyqor togʻ va daydi shamol“ (1980) nomli sheʼriy ertagi, „Vatandan yaxshi yor boʻlmas“ nomli publitsistik maqolalar toʻplami dunyoga keldi.
Yozuvchi hamda shoirlik istʼedodlaridan foydalangan ijodkor 7 kitobdan iborat tarixiy-siyosiy mavzuga doir roman-pamflyot ham yaratgan. Roman-pamflyot tarkibiga quyidagi kitoblar kiradi:

Kitoblari




Tarjimalari



Ijodkor tarjimon sifatida Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romanini, Chingiz Aytmatovning „Bolaligim“ asarini oʻzbek tiliga mohirona tarzda oʻgirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz