Nur surasi




Nur surasi (arabcha: سورة النور, nomining maʼnosi — Nur[8][9]) — Qurʼonning 24-surasi. Madaniy suralardan biri, 64 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 350–359-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 102-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi



Suraning asosiy mavzusi Islomiy jamiyatdagi axloq-odob qonun-qoidalaridir. Unda
musulmonlarning bir-birlari bilan oʻrnatishlari lozim boʻlgan munosabatlaridan tortib,
islomiy oilalarning ichida barpo qilinishi zarur boʻlgan toza iqlim va pokiza muhit yoʻl-yoʻriqlarigacha batafsil bayon qilinadi.

Yana bu surada jamiyatni fisqu-fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib
ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qoʻygan ayrim jazo choralari, jumladan zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi Islomiy jazo choralari ham zikr qilinadi. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obroʻsini toʻkish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi.

Suraning «Nur» deb nomlanishining sababi, birinchidan, undan Alloh yeru-osmonlarning nuri - asl ijodkori ekanligi xususidagi goʻzal oyati karimalar oʻrin olgani boʻlsa, ikkinchidan, bu surada insonlar baxtli, saodatli hayot kechirishlari uchun nur kabi zarur boʻlgan ilohiy ahkomlar mavjudligidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz