Nur Jahon maqbarasi
Nur Jahon maqbarasi (urdu. مقبرہ نورجہاں) – 17-asrda Lahor shahrida Boburiy malikasi Nur Jahon uchun maqbara hisoblanadi. Maqbara marmarlari bir qismi 18-asrda Amritsardagi Oltin ibodatxona qurilishida foydalanish maqsadida Sikxlar tomonidan talon-taroj qilingan. Ushbu maqbara Jahongir maqbarasi, Osifxon maqbarasi va Akbari Saroy bilan birga Shohdara bogʻidagi Boburiy yodgorliklari ansamblining tashkil qiladi.
Joylashuv
Maqbara Lahor tarafidan qaraganda Ravi daryosining narigi tomonida, Shohdara bogʻida joylashgan. Maqbara ushbu bogʻdagi yodgorliklar ansambliga kiradi, bular: Jahongir maqbarasi, Akbari Saroy va Osifxon maqbarasi.
Umumiy maʼlumotlar
Nur Jahon aslida unga saroyga kelgach berilgan taxallus. Asl ismi Mehr-un-Nissa. Forsdan koʻchib kelgan Mirzo Gʻiyos bek va Asmat Begimning toʻrtinchi farzandi boʻlgan. Uning otasi Boburiy imperatori Akbarga xizmat qilgan, hukmdor unga Itmat-ud-daula („Davlat ustuni“) unvonini bergan. Nur Jahon eng qudratli Boburiy imperator xonimi hisoblanadi.
Arxitektura
Tashqi koʻrinishi
Asosan oq marmardan qurilgan otasining maqbarasidan farqli oʻlaroq, Nur Jahon maqbarasi asosan qizil qumtoshdan qurilgan. Tashqi tarafi marmar bilan qoplangan va qimmatbaho toshlardan gulli mozaikalar bilan ishlangan 7 ta gumbaz mavjud.
Ichki koʻrinishi
Maqbaraning markaziy gumbazli xonasida ikkita kenotaf mavjud boʻlib, ulardan biri Nur Jahon, ikkinchisi uning qizi [[Ladli Begim]|Ladli Begimga]] tegishli.
Bogʻ
Maqbara Chorbogʻning markazida joylashgan. Asl bogʻ saqlanib qolmagan.
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org