Nuno Mendes (futbolchi 2002)
Nuno Alexandre Tavares Mendes 2002-yilning 19-iyunnida tug'ilgan) — Portugaliyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Pari Sen-Jermen va Portugaliya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi.
Sporting CP yoshlar akademiyasidan kelib, u 2020-yilda asosiy jamoadagi debyutini o'tkazdi va keyingi yili u klubi bilan Primeira Liga va Taça da Liga kuboklarini ko'lga kiritdi va klubi bilan Primeira Liga yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi. 2021-yilning avgustida u bir yillik ijara shartnomasi asosida Parij klubiga oʻtib, Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi va 38 million yevro evaziga doimiy ravishda klubga qoʻshildi.
Mendes sobiq Portugaliya yoshlar terma jamoasida o'ynagan va o'z mamlakatini turli darajadagi musobaqalarda himoyachi sifatida himoya qilgan. U 2021-yilda kattalar terma jamoada debyut qildi va Evro-2020 uchun tarkibga kiritildi.
Klub karyerasi
Futbolga kirib kelish tarixi
Kelib chiqishi Angolaning Lissabon okrugi Sintra shahrida tug'ilgan Mendes 9 yoshdan boshlab futbol o'ynay boshlagan va u yoshligida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, David Alaba va Marselolarning muxlisi bo'lgan, u eng so'nggi ikki futbolchiga taqlid qilgan. Uni talantini ko'rib qolgan maktab o'qituvchisi Bruno Botelho, uni Lissabon chetidagi mahalliy Despertar klubida o'ynashga taklif qilgan. U uzining birinchi klubida boshqa futbolchilardan tezda ajralib qoldi, keyinchalik "Benfika," "Portu" va "Sporting CP"ning e'tiborini tortdi va 10 yoshida Portu klubining yoshlar jamoasiga qo'shildi.
O'zining skaut tomonidan kuzatilayotgan jarayonida, maktabdan uyga qaytganida, Mendes uni bir odam kuzatib borayotganini tushundi. U o'g'irlanishidan qo'rqib, juda kambag'al mahallada joylashgan uyiga yugurdi; "stalker" aslida "Sporting" skauti bo'lib, keyinchalik uni shartnoma imzolashga ko'ndirgan. Keyingi to'rt yil davomida u 14 yoshida Sporting akademiyasiga ko'chib o'tishdan oldin har kecha ustozi bilan mashg'ulot o'tkazish uchun ikki soatlik sayohat qilgan.
Mendes dastlab hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynagan, keyin chap qanot himoyachisiga aylantirilgan, bu pozitsiyada boshida o'ynashga qinalgan.
Sport CP
Fevral oyida COVID-19 pandemiyasi sababli yoshlar futboli mavsumini erta tugatilishiga qamay, Mendes jarohati tufayli noyabr oyida faqat bir marta o'ynaganiga qaramay, menejer Ruben Amorim tomonidan asosiy jamoaga chaqirilgan kichik yosh o'yinchilardan biri edi. U professional debyutini 2020-yil 12-iyun kuni Primeira ligada Portu klubining Paços de Ferreyra klubiga qarshi 1–0 hisobi bilan gʻalaba qozongan uy uchrashuvida Markos Akunyaningning o'rniga 72-daqiqasida maydonga tushgan.
U 2020-yilgi mavsum oralig'ida Sevilyaga ketganidan so'ng, Mendes atiga 18 yoshida Portuning birinchi tanloviga aylandi va 2002-yil sentabr oyida Krishtianu Ronaldudan kegin klubning asosiy tarkibiga kirgan eng yosh futbolchiga aylandi; u jamoasining ligada qolgan yettita o'yinidan oltitasida maydonga tushdi. U o'zining birinchi raqobatdosh golini klubi uchun o'sha yilning 4-oktabrida kiritdi, safarda Portimonensega qarshi 2–0 hisobi bilan g'alaba qozonilgan o'yinda.
Mendes 2020-yil 19-dekabrda shartnomani uzaytirishga rozi boʻldi, uning sotib olish toʻlovini 45 million yevrodan 70 million yevroga oshirdi. U bo'lajak chempionlar safida 29 ta o'yin o'tkazdi, shu bilan birga yilning eng yaxshi jamoasi nomiga sazovor bo'ldi.
2021-yil 31-iyulda Mendes Bragadan 2–1 hisobida magʻlub boʻlgan va Supertasa Kandido de Oliveyrani zabt etishda Jovane Kabralga golli uzatma berdi.
Parij Sen-Jermen
2021-yilning 31-avgustida Mendes sotib olish opsiyasi bilan bir mavsumga ijara asosida PSJga oʻtdi. U Liga 1da klub safida debyutini 11-sentabr kuni oʻtkazdi va 85-daqiqada “Klermon” klubiga qarshi 4–0 hisobi bilan g'alaba qozanilgan o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. U Liga 1 chempionatidagi debyutidan 4 kun o'tgach UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi o'yinida "Bryugge " klubiga qarshi 1–1 hisobi qayt etilgan o'yinda 75-daqiqada Abdu Dialloni o'rniga maydonga tushdi; u maydonga bir zumda ta'sir o'tkazdi, ayniqsa 77-daqiqada Lionel Messiga zarba berish uchun "ajoyib" yurishni amalga oshirdi. U o'sha oyning oxirida "Lion" ustidan 2–1 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda o'zining birinchi startini qildi.
Mendes 27 ta oʻyinning 18 tasida boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, PSJga klubiga 10-marta milliy chempionatda gʻalaba qozonishga yordam berdi va keyinroq “Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi” nominatsiyasiga nomzod boʻldi va ikki jamoadoshi bilan birga “Yil jamoasi” nominatsiyasiga kiritildi. 2022-yilning 31-mayida uning tovon puli 38 million yevro etib belgilandi va u toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro martaba
Mendesh 2020-yil 4-sentabrda 21 yoshgacha boʻlganlar Portugaliya terma jamoasining 2021-yilgi Yevropa chempionati saralashi doirasidagi Kiprga qarshi 4–0 hisobi bilan g'alaba qozongan o'yinda, debyut oʻyinini o'tkazdi. Ilgari u 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha va 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoa tarkibiga o'ynagan edi.
Olti oy o'tgach, Mendes murabbiy Fernando Santos tomonidan JCh-2022 saralash bosqichida Ozarbayjon, Lyuksemburg va Serbiyaga qarshi o'yinlar uchun kattalar jamoasiga chaqirildi va keyinchalik 21 yoshgacha bo'lganlar terma jamoasidan chetlashtirildi. U birinchi marta 2021-yilning 24-martida Ozarbayjonga qarshi 1–0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda to'liq 90 minut maydonda harakat qildi.
Mendes UEFA Evro-2020 uchun tanlangan edi, ammo 1/8 finalda hech qanday o'yin o'tkazmadi. Keyinchalik Santos uni turnir davomida Rafael Gerreyro bilan birga qo'llashni rejalashtirganini, ammo jarohati tufayli buni amalga oshira olmaganini ma'lum qildi.
O'yin uslubi
Asosan hujumdagi qobiliyati, tezligi va texnik fazilatlari bilan mashhur bo'lgan Mendes asosan chap qanotdan hujum qiluvchi to'liq qanot himoyachisi yoki qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi, bu esa unga tik turib ham, qarshi hujumda ham xavf tug'dirish imkonini beradi. O'zining driblingidan tashqari, u yaxshi to'pni ushatib ber oladi, ajoyib to'p uzatish qobiliyatiga ega va uning jismoniy jasorati unga raqiblarini tezligi yoki kuchi bilan mag'lub etishga imkon beradi. Shuningdek, u hujumlarni oldindan ko'ra oladi va uzatmalarni yaxshi kesib oldidan bera oladi va to'pni raqibidan qaytarib ololaydi.
Biroq, uning qobiliyati oldinga siljishiga qaramay, Mendesning o'yinining himoya tomoni vaqti-vaqti bilan ekspertlar tomonidan shubha ostiga olingan va ular uning maqsadi, oldidagi qarorlari, pozitsiyasi va xabardorligidagi nomuvofiqlikni yaxshilashga muhtoj zaif tomonlari sifatida tilga olishgan.
Karyera statistikasi
Klub
match played 14 May 2022[36]
Xalqaro
match played 5 June 2022[37]
Faxrlar
Sport CP Parij Sen-Jermen Individual Manbalar
Qo'shimcha ma'lumotlar
Andoza:Paris Saint-Germain F.C. squadAndoza:Portugal squad UEFA Euro 2020Andoza:2021–22 Ligue 1 UNFP Team of the Year
uz.wikipedia.org