Numb




Numb “ (tarjimasi „Uvishgan“) — „Linkin Park“ rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning „Meteora“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. „Numb“ guruhning eng keng tanilgan qoʻshiqlaridan biri boʻlib, „Billboard“ jurnalining „Alternative Airplay“ xit-paradida 12 hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Shuningdek, tarona „Billboard“ jurnalining „Mainstream Rock“ xit-paradining eng yuqori pogʻonasidan uch hafta davomida tushmagan va „Billboard Hot 100“ xit-paradida 11-pogʻonagacha koʻtarilgan.

Qoʻshiq amerikalik reper Jay-Z bilan qayta ishlanib, „Numb/Encore“ nomi bilan eʼlon qilingan. „Linkin Park“ va Jay-Z mazkur versiya uchun „Eng yaxshi rep/kuylash hamkorligi“ (inglizcha: Best Rap/Sung Collaboration) nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq „Rhapsody“ onlayn musiqa xizmatining oʻn yillikning eng yaxshi treklari roʻyxatiga kiritilgan. 2022-yilning 15-martida „Numb“ Spotify xizmatida 1 milliard martadan oshiq eshitilgan ikkinchi „Linkin Park“ guruhi qoʻshigʻiga aylandi.

„Numb“ qoʻshigʻi uchun guruh aʼzosi Joe Hahn klip suratga olgan. Klip kadrlari asodan 2003-yilning iyun oyida Praga shahrida suratga olingan, ammo xonanda Chester Bennington ogʻriqlardan azob chekayotgan boʻlgani uchun guruh qoʻshiqni ijro etayotgani aks etgan tasvirlar keyinroq Los-Anjeles shahridagi ibodatxonada yozib olingan. Klipda Briana Evigan talaba rolini ijro etgan. 2018-yilning noyabrida klip „Linkin Park“ning YouTubeda bir milliard marta koʻrilgan ilk videosiga aylandi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz