Nukleoproteidlar




Nukleoproteidlar - nuklein kislotalarning oqsillar bilan birgalikdagi kompleksi. N. tarkibiga kirgan nuklein kislotalarning xiliga qarab, dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) va ribonukleoproteidlar (RNP) farqlanadi. DNP barcha hujayralar yadrolarida va mitoxondriyalarida, shuningdek, spermatozoidlarning boshchasida boʻladi. DNP oqsillari gistonlar va protaminlar koʻrinishida boʻlib, DNK ikki-tali spirali tarnovlarida joilashadi, ular DNK tuzilishini muvofiklashti-rib, faolligini oshiradi. Koʻpgina viruslar, informosomalar RNPdan tashkil topgan. Organizmda N.ning biologik ahamiyati nuklein kislotalar (NK) ning funksiyasiga bogʻliq.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz