Nuklearno oružje




Yadro quroli — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro (vodorod) qurollariga boʻlinadi. Yadro oʻqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari (atom fugaslari) kiradi. Yadro quroli zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi taʼsirlarga ega. Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 Mt— 1 mln. t) larda oʻlchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi. Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana qarang Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi. Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.

Strategik yadro qurollarini eltuvchilar uzoqqa uchuvchi raketalar, qitʼalararo ballistik raketalar, samolyotsnaryadlar va strategik bombardimonchi samolyotlardir. Qudratli yadro zaryadlarini nishonga eltishda Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanish rejasi ham bor.

Yadroviy qurol 20-asrda yadro fizikasining taraqqiy etishi munosabati bilan 40-yillar boshida paydo boʻldi. Birinchi portlash 1945-yil 16-iyulda Alamogodro poligonida (AQSH) amalga oshirildi. 1945-yil avgust oyida esa har birining quvvati 20 kt boʻlgan 2 atom bombasi Yaponiyaning Xirosima (6-avgust) va Nagasaki (9-avgust) shahrilariga tashlandi. Sobiq SSSR da termoyadro bombasi birinchi marta 1953-yil 12-avgustda sinab koʻrildi. Yadro quroliga ega boʻlgan davlatlar AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy (rasmiy maʼlumotlarga koʻra) (2005). Yaponiya, Hindiston,Pokiston,Isroilda ham bor deb taxmin qilinmoqda.

Yana qarang




Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Nuklearno oružje (yoki yadroviy qurol) — bu yadroviy energiyaning portlashidan foydalanadigan qurol turi bo‘lib, u juda katta vayrona kuchiga ega. Nuklear qurollar atom yadrosining parchalanishi (fisiyasi) yoki yadro sintezi (fusiyasi) natijasida chiqarilgan energiyaga asoslangan.

Tarixi

Nuklear qurollarning rivojlanishi 20-asrning boshlarida boshlangan, ayniqsa Ikkinchi jahon urushi davrida Giovannetti, Einstein, Oppenheimer kabi olimlar ishtirokidagi «Manhetten loyihasi» doirasida. Birinchi atom bombasi 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan.

Turi

  1. Atom bombalari: Ular yadroning fisiyasi natijasida energiya chiqaradi. Masalan, uran-235 yoki plutoniy-239 yadrolari parchalanadi.
  2. Termoyadro bombalari (vodor bombalari): Bu qurollarda yadro sintezi jarayoni yuzaga keladi, unda yengil yadro elementlari, odatda gidrogen izotoplari, birlashib og‘irroq elementga aylanadi va katta miqdorda energiya chiqariladi.

Ta'siri

Nuklear qurol portlashi natijasida katta vayrona, katta rashk, issiqlik, radiatsion ifloslanish yuzaga keladi. Bu qurollar shaharlarni butunlay vayron qilishi va millionlab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.

Hozirgi davrda

Bugungi kunda bir nechta davlatlar yadroviy qurolga ega, ular o‘z xavfsizligini ta'minlash va strategik tenglikni saqlash uchun bu qurollardan foydalanadi. Nuklear karantin, yadroviy qurol tarqalishining oldini olish uchun xalqaro shartnomalar (masalan, NPT — Yadroviy qurollarni tarqatmaslik shartnomasi) mavjud.

Muhimlik

Nuklear qurollar siyosiy va harbiy strategiyalar nuqtai nazaridan juda muhim bo‘lib, ularning tarqalishi jahon xavfsizligi uchun doimiy xavf hisoblanadi. Ularning ishlatilishi butun insoniyat uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sababli, yadroviy qurollarning butunlay yo‘q qilinishi bo‘yicha dunyo bo‘ylab turli tashabbuslar mavjud.

Agar yadroviy qurollar haqida qo‘shimcha ma'lumot yoki boshqa aspektlari bo‘yicha batafsil ma'lumot kerak bo‘lsa, so‘rashingiz mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz