Nuevoleon





Nuevoleon — Meksikaning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 64,5 ming km². Aholisi 3,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Monterrey shahri Shtatning gʻarbiy va jan. qismini Meksika togʻligi, keng maydonlarni platolar egallagan. Iqlimi tropik, qishi quruq iklim. Oʻrtacha oylik temperaturalar 15° dan 28° gacha. Yillik yogʻin 300–600 mm.

N.-L. — Meksikaning nisbatan rivojlangan shtatlaridan. Sanoati yetakchi oʻrinda (mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 15%). Foydali qazilma konlariga boy. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora va rangli metallurgiya. Metallsozlik va kimyo sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi oʻrinda. Paxta ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Sitrus mevalar plantatsiyalari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz