Nuadu




Nuadu (qadimiy irlandcha: Nuada, Nuadu), Argetlam nomi bilan ham tanilgan (qadimiy irlandcha Airgetlám ― „Kumush qoʻl“), irland keltlari mifologiyasida, Tuata De Danann xudolarning qiroli va rahbari. Mag Tuiredning birinchi jangida u hech kim qochib qutula olmaydigan sehrli qilichga ega boʻlishiga qaramay, qoʻlidan ayrildi. Jismoniy nuqsoni boʻlgan xudo Tuata De Danann urugʻi xudolarining shohi boʻla olmagani uchun Nuada taxtdan voz kechib, uni Bresga berishga majbur boʻldi. Keyinchalik, tabib-xudo Dian Keht unga kumush qoʻl yasab berdi, shuning uchun Nuada Argetlamh („Kumush qoʻl“) laqabini oldi. Shundan soʻng Bres taxtdan agʻdarildi va Nuada yana shoh boʻldi. Keyingi yuzaga kelgan urushda, Nuada Balordan qoʻrqib, hokimiyatini Lugga topshirdi va u Balorni jangda oʻldirdi.

Baʼzan Gallik Tevtat (musaffo osmon xudosi) bilan tenglashtiriladi. U urush xudosi kabi Gellik Zevs rolini oʻynadi, chunki urushda gʻalaba osmon inoyatining asosiy namoyoni hisoblangan barcha xalqlar orasida urush xudosi doimo panteonda ustun mavqeni egallagan. Bu xudo Tuata De Danann urugʻining toʻrtta asosiy xazinalaridan biri boʻlgan yengilmas qilichga ega boʻlib, ikki marta uning hukmdori hisoblangan. Uning nomi Britaniya orollaridagi joy nomlarida doimo uchraydi. Unga ehtirom inson qurbonligi bilan koʻrsatilar edi va buni xudo saxiylik ila umr yoʻldoshlari bilan baham koʻrgan. Uning umr yoʻldoshlari beshta maʼbuda — Badb, Nemain, Fi, Maha, Morrigan edi.

Uelsda u Nudd nomi bilan hurmatga sazovor boʻlgan. Rim Britaniyasida suvlar va buloqlarni xurmat qilish va sigʻinish bilan bogʻliq boʻlgan Nodons (Nodens) xudosi tanilgan. Bir qator atributlarda va tegishli syujetlarda (bir qoʻl, qirollik unvonini yoʻqotish, atribut sifatida qilich) u Skandinaviya Tyuriga juda yaqin. Oldinroq J. Dyumézil va undan keyin boshqa tadqiqotchilar irland mifologik anʼanalaridagi Balor-Nuada juftligini Rim va nemis mifologemalari (bir koʻzli va bir qoʻlli xudolar — Tyur va Odin) bilan bogʻladilar.

V.P.Kaliginning fikricha, „Nuadu“ nomi „bermoq“ feʼlidan „yangi“ sifati bilan birgalikda sifatdoshdir (*neuo-dont-s — „yangilanish“).

Madaniyatda koʻrsatgan taʼsiri




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz