Nozimaxonim
Nozimaxonim (1870, Toshkent — 1924) — shoira. Oʻzbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini oʻrgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik gʻoyalaridan bahramand boʻlgan. Oʻzbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniq-sa, Saʼdiy, hofiz asarlarini oʻqigan.
Sheʼr va maqolalari 1900-yildan matbuotda bosilgan. 20 yoshlarida shoira „beshyogʻochlik Nozimaxonim“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Taraqqiyot, maʼrifat va madaniyatni tashviq etuvchi sheʼr va manzumalari, jaholat, bidʼat-xurofotni fosh etuvchi asarlari, zamonasidagi ijtimoiy tengsizlik va avj olgan milliy istibdoddan keskin norozilik bayon qilingan oʻtkir hajviy sheʼrlari „Shuhrat“, „Sadoyi Turkiston“, „Taraqqiy“ kabi gaz.larda muntazam chiqib turgan. Shoira mehnat-kash xalqning milliy ozodlik hara-katini qoʻllab-quvvatlagan, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va oʻrni haqida asarlar yozgan, jaholat va zulm poymol etgan oʻzbek ayolining milliy, insoniy haqhuquklarini talab qilib chiqqan („Insonga qancha erk darkor?“, „Ilm va maorif borasida bir-ikki soʻz“, „Xotinlar huquqiga oid“ va boshqalar).
Nozimaxonim sheʼriyati 1905—17 yillar oʻzbek adabiyotining yetakchi tamoyillarini aniklashda, 20-yillar oʻzbek sheʼriyatining harakterli xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org