Nozima Kamoltoyeva




Nozima Kamoltoeva (1998-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, ayollar chempionatining „Metallurg“ klubi himoyachisi. U futzalchi ham boʻlib, futbol va futzalda Oʻzbekistonni xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati



Kamoltoyeva Oʻzbekistonning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan.

Xalqaro faoliyati



Kamoltoyeva futbol va futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi safida oʻynagan. Futbol boʻyicha u 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining ikkita saralash bosqichida (2015 va 2017) va 2018-yilgi Osiyo kubogi saralashida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan sportchilarimizdan hisoblanadi.

Futzal boʻyicha Kamoltoyeva Oʻzbekiston terma jamoasi bilan 2018-yilgi ayollar futzal boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz