Nozima Dehqonxoʻjayeva




Nozima Abdullayevna Dehqonxoʻjayeva (1928.20.12, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987), tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1949). Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1958—60), Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti gastroenterologiya laboratoriyada katta ilmiy xodim (1960—69), Protozoy kasalliklar boʻlimi boshligʻi (1971—91), Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mikologiya va protozoy kasalliklar ilmiy markazi direktori (1991-yildan). Lyamblioz kasalligining kelib chiqishi, klinikasi va davosi, zamburugʻ kasalligini qoʻzgʻatuvchi patsilomises turlari ustida tadqiqotlar olib bordi. 1darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni (1996) bilan takdirlangan.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz