Nozigardon




Nozigardon (fors. — boʻyin bezagi) — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyinga taqadigan taqinchogʻi. N. markaziy turunj, uning 2 yonidan 2 ta dan 4 ta murabba shaklli, 1 tadan uchburchak shaklli yaproqchalarning oʻzaro 5—6 qatorli zanjirlar bilan bir maromda maʼlum oralikda birikishidan hosil boʻladi; yaproqchalarning yon tomonlariga baliq va boshqa shaklli shokilalar osiladi. Turunj va yaproqchalar bir tomonlama sirkori usulida ishlanib, oʻsimliksimon naqshlar bilan bezatiladi, baʼzan koʻzlar qadaladi. Marka-ziy turunjga bir-biriga qarab turgan qanotlarini yozayotgan ikki qush shakli oʻrnatiladi. Samarqandlik ustalar yasagan N. yengil koʻrinishga ega; turunj va yaproqchalar panjarali (toʻrsimon) usulda yasalib, zigʻiraklar, baʼzan feruza koʻzlar bilan ziynatlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz