Nozib Jiganov




Jiganov Nozib Gayazovich [1911.2(15).1, Uralsk — 1988, Qozon] — tatar kompozitori, pedagog , jamoat arbobi, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Xalq artisti (1957), Tatariston (1939)da, Rossiya (1940) da, Chuvashiya (1969) da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1938). 1945 y.dan Qozon konservatoriyasida rektor va oʻqituvchi, prof. (1953 y.dan). "Qochqin" (1939), "Oltin soch" (1941), "Jalil" (1957) va b. operalari, tatar kuylari asosida yozilgan syuita (1949), "Nafisa" poemasi (1952), 4 ta simfoniya, qoʻshiqlari mashhur. Davlat mukofoti laureati (1948, 1950, 1970).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz