Novza masjidi
Novza masjidi — Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra masjid XIX asrning oxirlarida qurilgan.
Masjidning „Novza“ deb nomlanishligining sababi, o‘tmishda Bo‘zsuv soyining bir irmog‘iga to‘g‘on qo‘yilib, balandlikdagi ekinzor dalalarga nov orqali suv chiqarilgan ekan. Shu munosabat bilan ushbu novga yaqin-atrofdagi yerlarni, keyinchalik bu yerda qurilgan masjidni ham „Novza“ deb atay boshlagan.
Maʼlumki, mazkur masjid „haj“ va „umra“ safariga otlanayotgan ziyoratchilar uchun so‘nggi kuzatish maskani ham hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxonalar ham bo‘lishi hisobga olingan.
Imom-xatib: Jaloliddin Hamroqulov Manbalar
uz.wikipedia.org