Novshadil Spirt




Novshadil spirt , nashatir spirt — ammiakning suvdagi 3—10% li eritmasi. Tibbiyotda, asosan, 10% li ammiak eritmasi ishlatiladi. Hushdan ketganlarga hidlatiladi (burun-halqum shil-liq pardasi nervlariga taʼsir etib, markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatadi), alkogoldan zaharlanganlarni qustirish uchun yarim stakan suvga 5 tomchi tomizib ichiriladi. Terisi yogʻli yuzni artish, yuz va qoʻl terisini yumshatish uchun 0,5% li eritmasi qoʻllanadi. Mikroblarga qarshi taʼsirga ega boʻlgani sababli Novshadil spirtdan baʼzan xirurgiya amaliyotida ham foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz