Novqat (shahar)
Novqat (qirgʻizcha: Ноокат) — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidagi shahar. Novqat tumaning maʻmuriy markazi.
Jug'rofiyasi
Shahar Oʻsh viloyatining shimoliy-sharq qismida, O'sh shahri markazining 43 km janubi-g'arbi tomonida joylashgan. Yaqin temir yo'l stansiyasi shahardan 46 km masofada O'sh shahrida joylashgan. Eng yaqin halqaro aeroport masofasi 48 km bo'lib, u ham O'sh shahrida joylashgan.. Shahar orqali O'sh — Botken — Isfana avtomobil yo'li o'tadi. Bu yo'l 2014-yilgacha judayam yomon ahvolda bo'lib, aholi yurish uchun juda ko'p qiyinchilikka duch kelgan. 2014-yilda davlat sarmoyasi bilan yo'l qayta qurib bitkazilgan. Hozirda Qirg'iziston janubini asosiy bog'lab turgan bu yo'l orqali, mashina qatnovlari juda ko'pligidan, Novqat shahri markazida har kuni chidab bo'lmas yo'l tirbandliklari yuzaga kelgan. Davlat rasmiylari esa bunga hali yechim topganicha yo'q.
Novqat shahri dengiz sathidan 1802 m balandlikda joylashgan. Qish faslida havo iliq. Barcha fasllarda havo mo'tadil bo'ladi
Tarih
Hozirgi Novqat markazi 1928-yildan
Eski-novqat tumani deb atalgan, 2003-yildan boshlab —
Novqat shahar nomini olgan.
Aholisi (2009) — 14 371 kishi.
Manbalar
uz.wikipedia.org