Novoolekseevka (Xerson viloyati)




Novooleksiivka (ukraincha: Новоолексіївка) — Ukrainaning Xerson viloyati Henichesk tumanidagi shahar tipidagi aholi punkti. U Ukrainaning hromadalaridan biri boʻlgan Henichesk shahar hromadasiga tegishli. Aholisi 10,080 kishini tashkil qilgan.

Tarix



1874-yilda Novoolekseevka qishlogʻi (hozirgi Oleksyivka qishlogʻi) yaqinida Novoolekseevka deb nomlangan kichik temir yoʻl stantsiyasi tashkil etilgan. Shu bilan birga, keyinchalik stansiya atrofida shu nomdagi kichik aholi punkti paydo boʻlib, keyinchalik u yirik aholi punktiga aylandi. Stansiyaning yuk aylanmasi unchalik katta boʻlmaganligi uchun Novoolekseevka aholisi asosan dehqonchilik bilan shugʻullangan. U oʻsha paytda Tavriya gubernatorligining Dneprovskiy tumani tarkibiga kirgan ekan.

1908-yilda Novoolekseevkada mahalliy dehqonlar mablagʻlari hisobidan ilk maktab qurilgan boʻlib, u yerda 2 oʻqituvchi ishlagan va 64 oʻquvchi bilim olgan. 1930-yilda meva yetishtiruvchi sovxoz xoʻjaligi qurilgan, uning asosiy faoliyati urugʻ yetishtirish, yigʻishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishdan iborat boʻlgan.

Rasmlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz