November Rain
„
November Rain “ Amerikada tuzilgan Guns N' Roses hard-rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning Use Your Illusion I (1991) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 1992-yili singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matnini guruh solisti Axl Rose yozgan.
„November Rain“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 xit-paradida uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Salkam toʻqqiz daqiqaga yaqin vaqtga choʻziluvchi tarona oʻsha paytda Hot 100 xit-paradi yuqori oʻntaligiga kirgan eng uzun qoʻshiq boʻlgan. Hozirgi paytda esa qoʻshiq Hot 100 xit-paradiga kirgan toʻrtinchi eng uzun qoʻshiq hisoblanadi. Shuningdek, ashula Portugaliya singllar xit-paradida ikkinchi, Birlashgan Qirollik singllar xit-paradida toʻrtinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, bir necha davlat xit-paradida eng yuqori oʻntalikka kirgan.
Qoʻshiq uchun Andy Morahan rejissorligida klip suratga olingan. Klipda asosiy qahramonlarni Rose va amerikalik aktrisa Stephanie Seymour jonlantirgan. Qoʻshiq klipi tarixdagi eng qimmat musiqiy kliplardan biri hisoblanadi. 2018-yilning iyulida klip YouTubeda bir milliard martadan oshiq koʻrilishi ortidan bunday natijaga erishgan hamda YouTube yaratilishidan oldin yaratilgan birinchi videoga aylangan.
Jamoa
Guns Nʼ Roses Qoʻshimcha musiqachilar Manbalar
uz.wikipedia.org