Novaya sibir orollari




Novaya sibir orollari (saxa.: Саҥа Сибиир арыылара)- Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari orasidagi arxipelag. Saxa (Yakutiya) tarkibida. Maydoni 38 ming km² ga yaqin. Novaya Sibir yoki Anju (29 ming km²), Lyaxov (6,1 ming km²), De-Long o.laridan iborat. Orollar mezozoy burmala-nishida paydo boʻlgan va asosan, paleozoy ohaktoshlari, mezozoy slanetslari, qumtoshlari va otqindi jinslardan tarkib topgan. Toʻrtlamchi davr allyuvial, koʻl-allyuvial, dengiz va muzlik yotqiziqlari keng tarqalgan. Relyefi, asosan, akkumulyativ tekislik, oʻrtacha bal. 60–80 m. Eng baland joyi 374 m (Kotelniy o.dagi Mala-katin-Tas togʻi).

Novaya Sibir orollario. iklimi nisbatan kontinen-tal Arktika sovuq iklimi. Qish 7—8 oy davom etadi, qor qoplami 9 oy erimay turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —28°dan —ZGgacha, iyulniki 1—3°. Yillik yogʻin 132 mm gacha. Yer osti (qazil-ma) muzliklari keng tarqalgan.

Tundra landshafti asosiy oʻrin tutadi. Shimol bugʻusi, boʻri, qutb tulkisi, oq ayiq, oq kaklik, lemming uchraydi. Dengizlarda morjlar, qoyali qirgʻoqlarda "qushlar bozori" bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz