Novavax COVID-19 vaksinasi




Novavax COVID-19 vaksinasi (NVX-CoV2373)  — COVID-19ga qarshi vaksina nomzodi, Novavax va Epidemik Tayyorlik Innovatsiyalari Koalitsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan (CEPI). Hindistonda Covovax brendi ostida sinovlardan oʻtmoqda. Ikki dozada qabul qilishga moʻljallangan.

Tibbiy maqsadlarda foydalanish



Vaksina ikki dozada 21 kun oraligʻida qoʻllaniladi. Ushbu vaksina sinovlarda koronavirusning „britancha“ shtammini zararsizlantirish koʻrsatkichi 86,3 foizni tashkil etgan. Tadqiqotda ishtirokchilarning 27 foizi 65 yoshdan oshganlar boʻlgan. Shuningdek, 18 yoshdan 84 yoshgacha boʻlgan 15 mingdan ortiq odam qatnashgan.

Buyuk Britaniya sinovlari
2021-yil 28-yanvarda Novavaks Birlashgan Qirollik sinovining dastlabki natijalari 89 foizdan yuqori samaradorlikka egaligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, Janubiy Afrikadagi oraliq sinov natijalari Beta shtammiga nisbatan past samaradorlikni qayd etdi.

2021-yil 12-martda Novavax kompaniyasi vaksina COVID-19ning asl shtammining oldini olishda 96,4 foiz va Alfa shtammiga qarshi 86 foiz samaradorli ekanini eʼlon qildi. 2021-yil 30-iyunda Novavax tomonidan moliyalashtirilgan The New England Journal of Medicine jurnalida oʻtkazilgan tadqiqotlarda vaksinaning umumiy samaradorligi birinchi dozadan ikki hafta oʻtgach 83,4 foizni, ikkinchi dozadan keyin bir hafta oʻtgach 89,7 foizni tashkil etgan.

Ilmiy tahlillar B.1.1.7 (Alpha) shtammiga qarshi 86.3 foiz va „B.1.1.7 boʻlmagan shtammlar“ga qarshi 96.4 foiz samaradorligini koʻrsatdi, ularning aksariyati „prototip shtammlari“.

Janubiy Afrika sinovlari
2021-yil 28-yanvarda Novavax Janubiy Afrikada oʻtkazilgan sinovlar boʻyicha oraliq natijalar Beta shtammiga (B.1.351 liniyasiga) nisbatan 50-60 foiz atrofida past samaradorlik koʻrsatkichini qayd etdi..

2021-yil 12-martda Novavax oʻz vaksinasini nomzodini OIV / OITSga ega boʻlmagan odamlarda Beta shtammiga qarshi 55 foiz samaradorligini isbotladi. Shuningdek, u ogʻir kasalliklarning oldini olishda 100 foiz samarali boʻldi .

AQSh va Meksika sinovi
2021-yil 14-iyunda Novavax AQSh va Meksikada 18 va undan katta yoshdagi 30 mingga yaqin odam ishtirok etgan 3-bosqichda oʻtkazilgan tadqiqotda umumiy samaradorligini 90,4 foiz deb eʼlon qildi . Sinov ishtirokchilarida aniqlangan 77 ta COVID-19 holatining 14 tasi emlangan guruhda, 63 tasi platsebo guruhida sodir boʻlgan.

Avstraliya sinovi
Avstraliyada ushbu vaksina sinovlari Melburnda 2020-yil 26-mayda boshlandi. Ularda 18 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan 130 ga yaqin koʻngillilar ishtirok etdi.

Ishlab chiqarish



Ishlab chiqaruvchilar uni „rekombinant nanopartikula vaksinasi“ deb atashiga qaramay, NVX-CoV2373 vaksinasi oqsil subbirliklariga asoslangan va virusga oʻxshash zarrachalarga qarshi emlash uchun deb taʼriflangan.

Ushbu vaksina modifikatsiyalangan SARS-CoV-2 boshoqli oqsilining genini oʻz ichiga olgan va sunʼiy ravishda yaratilgan bakulovirusni yaratish orqali ishlab chiqariladi.

Novavax Hindistonning Serum instituti bilan rivojlanayotgan va kam taʼminlangan mamlakatlar uchun ommaviy ishlab chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Shuningdek vaksinani Ispaniya [28] va Polshada Mabion kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgan.

2021-yil 26-may kuni Hindistonning Serum instituti Hindiston hukumatidan ruxsat olgandan soʻng Novavax COVID-19 vaksinasi nomzodini (Hindistonda Covovax deb nomlangan) ishlab chiqarishni boshlaganligini aytdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz