Novalisoy
Novalisoy yoki
Navolisoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining oʻng irmogʻi. Chorvoq suv omborida suv sathi koʻtarilgan bahoryoz oylarida Novalisoy bevosita suv omboriga quyiladi. Ugom tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻirlaridagi buloqlardan boshlanib, janubi-gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uz. 17 km, suv toʻplash maydoni 99,4 km². Beshta kichik irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Irmoklarning eng yirigi Yahaqsoy (11 km). Novalisoy yomgʻir va koʻproq qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,85 m-’/sek. Oqimining 65—70% mart—iyun oylariga toʻgʻri keladi. Eng katta soʻv sarfi may oyida kuzatiladi (6,32 m³/sek). Toʻlinsuv davrini hisobga olmaganda, suvi doim tiniq.
Manbalar
uz.wikipedia.org