Noussair Mazraoui
Noussair Mazraoui (1997-yil, 14-noyabrda tugʻilgan) — Bundesliganing "Bayern Munich" klubi va Marokash terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Gollandiyada tug‘ilgan Mazraoui 2017-yildan beri Marokash terma jamoasini xalqaro maydonda himoya qilib kelmoqda.
Klubdagi faoliyati
Ajax
Mazraoui Alphen aan de Rijnda o‘sgan va 4 yoshida mahalliy „AVV Alphen“ klubida futbol oʻynay boshlagan. U uch yildan soʻng Alphense Boys klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda Ajax klubining yoshlar akademiyasida oʻynashga taklif olgunga qadar atigi bir yil oʻynadi. U Jong Ajax safida professional debyutini 2016-yilning 12-avgustida Eerste Divizionida Almere City klubiga qarshi o‘yinning 86 daqiqasidan keyin Richairo Zivkovic o‘rniga maydonga tushdi. 2020-yil, 25-oktabrda Mazraoui 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Midtjylland“ klubiga qarshi o‘yinda (3:1) o‘zining birinchi professional golini urdi. U ligadagi birinchi golini NEC klubiga qarshi 5:0 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyinda kiritgan.
Bayern Munich
2022-yil, 24-mayda Mazraoui Bayern Munich klubi bilan 1-iyuldan boshlab kuchga kiradigan toʻrt yillik shartnoma tuzdi.
Xalqaro faoliyati
Mazraoui Marokash yoshlar terma jamoasi safida faoliyat olib borgan. U ilk bor 2018-yilda Marokash terma jamoasida oʻynagan.
2021-yil, 10-noyabr kuni Mazraoui Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Vahid Halilhodzic bilan munosabatlari yomonlashganini maʼlum qildi. 2022-yil, 13-mart kuni Mazraoui va uning marokashlik jamoadoshi Hakim Ziyech ikkalasi ham Halilhodžićning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida — Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi CAF uchinchi raundida Marokash terma jamoasiga chaqiruvni rad etishdi. Keyinchalik ular terma jamoaga qoʻshilib 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida Marokash terma jamoasi safida oʻynashga rozi boʻlishdi va bosh murabbiy Halilhodžić oʻrniga Walid Regragui keldi .
2022-yil, 10-noyabrda u Marokashning 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil, 8-noyabr holatiga ko'ra[16]
Xalqaro
2022-yil, 27-noyabr holatiga ko'ra
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Yutuqlari
Ajax Bayern Munich Individual Manbalar
uz.wikipedia.org