Nostalgiya
Nostalgiya — bu shaxs oʻtmishdagi baxtli hayot davrni yoki joyini sogʻinish. „Nostalgiya“ soʻzi yunonchadan olingan birikma boʻlib, u „νόστος“ (nóstos), „uyga qaytish“ va va „ἄλγος“ (álgos), „qaygʻu“ yoki „maʼyuslik“ degan maʼnoni anglatadi. XVII asrda uydan uzoqda jang qilayotgan shveysariyalik yollanma talaba askarlarning qaygʻularini tasvirlash uchun yaratilgan soʻz. Hozirgi zamonaviy davrda — melanxoliya sifatida tibbiy holat deya tasvirlangan va Romantizm davrida muhim tropga aylangan.
Nostalgiya oʻtmishga, uning oʻziga xosligiga, imkoniyatlariga va voqealariga, ayniqsa "oʻtmishdagi yaxshi kunlar " yoki „iliq bolalik“ ga intilish bilan bogʻlanadi. His-tuygʻu — nostalgiyaning kuchli qoʻzgʻatuvchisi hisoblanadi. Qoʻzgʻatuvchili stimullar birinchi navbatda miyaning hissiy oʻrindigʻi boʻlgan amigdaladan oʻtib, bunday ogohlantirishlarni qayta ishlash tufayli sogʻinch hissini uygʻotadi. Insonning oʻtmishi haqidagi bu xotiralar odatda muhim voqealar, ularni qiziqtiradigan odamlar va vaqt oʻtkazgan joylari haqidagi eslashlardir. Musiqa oʻyin-kulgi (filmlar, videooʻyinlar va boshqalar) ob-havo ham nostalgiyaning kuchli tepkilari boʻlishi mumkin.
Funksiyalari
Vaqt oʻtishi bilan Nostalgiya taʼrifi sezilarli darajada oʻzgargan. Yunoncha „uyga qaytish“ va „ogʻriq“ degan maʼnolarni anglatuvchi soʻz ildizlariga keladigan boʻlsak, vatan sogʻinchini ifodalovch bu tuygʻu asrlar davomida zaiflashtiruvchi va hatto oʻlimga olib keluvchi kasallik deb hisoblangan. Zamonaviy nuqtai nazarga koʻra esa, nostalgiya — odamlar tez-tez boshidan kechiradigan mustaqil, ijobiy tuygʻu hisoblanadi. Nostalgiya ruhiy holatni yaxshilash, ijtimoiy aloqadorlikni oshirish, oʻziga ijobiy munosabatni kuchaytirishi kabi muhim psixologik funksiyalarga ega. Bir qancha nostalgik aks birdan ortiq funksiyalarni bajaradi va umuman olganda ularni boshdan kechirganlarga foyda keltiradi. Bunday foydalar surunkali xarakterga yoki shaxsiy xususiyat „nostalgiyaga moyillik“ga olib kelishi mumkin. Shuningdek, nostalgiya, oʻrganish va xotirani mustahkamlash bilan bogʻlanadi.
Kayfiyatni yaxshilaydi
Garchi nostalgiya koʻpincha salbiy his-tuygʻular bilan qoʻzgʻatilsa-da, nostalgik fikrlar oqibatida odamning kayfiyatini koʻtariladi, ijobiy his-tuygʻular oshiriladi, bu esa iliqlik tuygʻularini keltirib chiqaradi. Kayfiyatni yaxshilash usullaridan biri bu insonning baxtiga toʻsqinlik qiladigan muammolarni samarali hal qilishdir. Batcho (2013) nostalgiyaga moyillik strategiyalarni rejalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengish usullari va shuningdek muammoni pozitiv mushohada qilish bilan ijobiy ravishda bogʻliqligini aniqladi. Ushbu tadqiqotlar nostalgiyaga moyil odamlarda uchrashi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni yengish usullari koʻpincha stressli paytlarda foydalidir degan xulosaga olib keldi. Nostalgiya qiyin paytlarda qoʻllab-quvvatlashni oshirib, yengish strategiyalariga va ularni amalga oshirishga koʻproq eʼtibor qaratish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Ijtimoiy aloqani oshiradi
Shuningdek nostalgiya, baʼzida siz bilan yaqin boʻlgan odamlar haqidagi xotiralarini ham oʻz ichiga oladi va bu orqali insonni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hissi va aloqalarni oshiradi. Nostalgiya, ayniqsa, yolgʻizlik tuygʻusi bilan qoʻzgʻaladi, ammo yaqin munosabatlarning aksi bilan bu his-tuygʻuga qarshi turadi. Zhouga koʻra (2008), yolgʻiz odamlar koʻpincha ijtimoiy qoʻllab quvvatlash haqida kamroq tasavvurga ega boʻladilar. Biroq, yolgʻizlik nostalgiyaga olib keladi va bu aslida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tushunchalarini oshiradi. Shunday qilib, Zhou va uning hamkasblari (2008) nostalgiya odamlarning ijtimoiy bogʻliqligini tiklash funksiyasini bajaradi degan xulosaga kelishdi.
Oʻz-oʻzini ijobiy baholashni kuchaytiradi
Nostalgiya kurashish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi va odamlarga oʻzlarini yaxshi his qilishlariga yordam beradi. Vess va boshqalar. (2012) nostalgik xotiralar haqida oʻylangan sub’ektlarda kelajakdagi hayajonli tajribalar haqida oʻylagan sub`ektlarga qaraganda ijobiy xususiyatlar koʻproq mavjudligini koʻrsatdi. Bundan tashqari oʻtkazilgan ikkinchi tadqiqotda, birinchi guruh ishtirokchilari nostalgiyaga jalb qilish va nostalgik reflektsiyaga duchor boʻlishdi, boshqa guruh ishtirokchilari esa yoʻq. Tadqiqotchilar yana bir bor oʻz atributlarini koʻrib chiqdilar va nostalgik tajribalarga duchor boʻlmagan ishtirokchilar xudbinlik va faqat oʻzini oʻylaydigan xususiyatlar namunasini aks ettirishini aniqladilar. Biroq, Vess va boshqalar. (2012), nostalgik reflektsiyaga jalb qilingan ishtirokchilar orasida bunday xususiyatlar zaiflashganini va kuchsizroq ekanligini aniqladi.
Ekzistensial maʼnoni beradi
Nostalgiya salomatlik qoʻrquvlarini buferlash, shuningdek, muammolar yoki stress bilan kurashish istagini boshlash orqali oʻz qadr-qimmatini va hayot mazmunini oshirishga yordam beradi. Routledge (2011) va uning hamkasblari nostalgiya insonning hayotdagi maʼno hissi bilan ijobiy bogʻliqligini aniqladilar. Ikkinchi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, nostalgiya insonning hayotdagi maʼno hissini oshiradi, bu esa ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hissi va aloqa bilan bogʻliq deb hisoblanadi. Uchinchidan, tadqiqotchilar hatto qoʻrquv ostidagi maʼno har doim nostalgiya uchun qoʻzgʻatuvchi boʻlib xizmat qilishi mumkinligini aniqladilar, bu esa nostalgik reflektsiyani kuchaytiradi.Toʻrtinchi tadqiqotda koʻrsatilganidek nostalgiyani qoʻzgʻatish orqali, odamning bunday qoʻrquvlardan himoyalanish qobiliyati minimallashtiriladi. Oxirgi ikkita tadqiqot shuni koʻrsatdiki, nostalgiya nafaqat maʼno yaratishga, balki maʼno yetishmasligi va insonning farovonligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni buzish orqali qoʻrquvlarni buferlashga qodir. 2012-yilda Routledge tomonidan yakunlangan kuzatuv tadqiqotlari nafaqat nostalgiya funksiyasi sifatida maʼno topdi, balki nostalgik odamlar kattaroq idrok maʼnolariga ega, atrofdan kamroq maʼno qidiradi va ekzistensial qoʻrquvni yaxshiroq buferlashi mumkin degan xulosaga keldi.
Firibgarlik sifatida
Yaqinda oʻtkazilgan bir tadqiqot nostalgiya gʻoyasini tanqid qiladi, bunda baʼzi shakllarda odamlar tarixiy faktlardan qochishi uchun himoya mexanizmiga aylanishi mumkin. Ushbu tadqiqot Janubiy Afrikadagi aparteidning turli xil tasvirlarini koʻrib chiqdi va nostalgiya ikki yoʻl sifatida namoyon boʻlishini taʼkidladi: „qayta tiklovchi nostalgiya“ oʻsha oʻtmishga qaytish istagi va tanqidiyroq boʻlgan „reflektiv nostalgiya“.
Qulaylik sifatida
Oʻtmishdagi xotiralarni qayta tiklash odamga tasalli berishi va ruhiy salomatlikka hissa qoʻshishi mumkin. Yaqinda oʻtkazilgan tibbiy tadqiqotlardan biri oʻtmishdagi „yaxshi“ xotiralar haqida oʻylashning fiziologik taʼsirini koʻrib chiqdi. Ular oʻtmish haqida „mehr bilan“ bilan oʻylash haqiqatan ham jismoniy issiqlik hissini kuchaytirganini aniqladilar.
Siyosiy vosita sifatida
2014-yilda Routledge tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda u va bir guruh odamlar hayotlarida katta oʻzgarishlar va noaniqliklar haqida qancha koʻp oʻylashsa, oʻtmishni shunchalik sogʻinishlarini kuzatdilar. Routledge, ideallashtirilgan oʻtmish gʻoyasini qoʻllash orqali siyosatchilar siyosiy ishontirish vositasi sifatida nostalgiyani madaniy tashvishlar va noaniqliklarni jozibali va samarali qiladigan ijtimoiy daʼvat qilishi mumkinligini taklif qiladi.
Boshqa jihatlar
Tibbiy holat sifatida
Bu atama 1688-yilda Johannes Hofer (1669—1752) tomonidan Bazel dissertatsiyasida kiritilgan. Hofer nostalgiyani „vatan sogʻinchi“ va shuningdek shveysariyalik yollanma askarlar Shveysariya tekisliklarida vatanining goʻzal tabiatini tez-tez qumsaganlari sababli, mal du Suisse „Shveysariya kasalligi“ deb kiritdi. Bu kasallik alomatlari hushidan ketish, yuqori isitma va oʻlimni oʻz ichiga oladi.
Sir Joseph Banks bu soʻzni oʻz jurnalida Kapitan Kukning birinchi sayohati paytida ishlatgan, ammo jurnal uning hayoti davomida nashr etilmaydi. Oʻlimga olib kelgan holatlar boʻlganda askarlar baʼzan qoʻyib yuborilgan va uylariga joʻnatilganda tuzalib ketgan holatlari boʻlgan. Biroq, tashxisni qabul qilish odatda askar uchun haqorat sifatida qabul qilingan.
1850-yillarga kelib nostalgiya maʼlum bir kasallik maqomini yoʻqotdi va koʻproq patologik jarayonning alomati yoki bosqichi sifatida koʻrila boshladi. Bu melanxoliyaning bir shakli va oʻz joniga qasd qilishga moyil holat sifatida qabul qilindi. Biroq, nostalgiya hali ham Amerika Fuqarolar Urushi davridagi askarlar orasida tashxislangan edi. 1870-yillarga kelib nostalgiyaga tibbiy kategoriya sifatida qiziqish deyarli butunlay yoʻqoldi. Nostalgiya hali ham Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlarida, ayniqsa Amerika qurolli kuchlari tomonidan tan olingan edi. Frontni toʻda-toʻda tark etayotgan qoʻshinlar oqimini toʻxtatish sababini oʻrganish va tushunish uchun koʻp vaqt sarflandi (BBCning „Oʻzlik asri“ hujjatli filmiga qarang).
Nostalgiya oʻtmishdagi voqealarni eslatuvchi hotiralar tomonidan qoʻzgʻatiladi. Bunda kelib chiqqan his-tuygʻular baxtdan qaygʻuga qadar farq qilishi mumkin. „Nostalgik tuygʻu“ atamasi odatda maʼlum bir vaqt davriga qaytishga intilish bilan bogʻliq yoqimli his-tuygʻularni tasvirlash uchun ishlatiladi.
Romantizm
Shvet nostalgiyasi Kuhreihen qoʻshigʻi bilan bogʻliq boʻlib, qoʻshiqni shveysariyalik yollanma askarlarga aytish yoki tinglash taqiqlangan edi, chunki nostalgiya qochib ketish, kasallik yoki oʻlimga olib kelardi. Jean-Jacques Rousseauning 1767-yilgi musiqa lugʻatida (Dictionnaire de Musique) shveysariyalik yollanma askarlarning shveytsarcha qoʻshiqlarni kuylashlariga yoʻl qoʻymaslik uchun qattiq jazo bilan tahdid qilinganligi aytiladi. Nostalgiyaning romantizmga aloqasi va Shveysariyaga boʻlgan ishtiyoq 19-asrda Yevropa madaniy elitasini egallab olgan Shveysariyada ilk turizm rivojlanishining muhim omili boʻlgan.
Musiqasi
Eski qoʻshiqlarni eshitish inson xotirasini qaytarishi mumkin. Muayyan bir lahzada bir marta eshitilgan, keyin esa uzoq vaqtgacha eshitilmagan qoʻshiq tinglovchida eslab qolingan kun va oʻsha paytda sodir boʻlgan voqealar uchun nostalgik hisni beradi. Biroq, u qoʻshiq inson hayoti davomida eshitilsa, u yuqorida aytilgan hislarni berishni yoʻqotadi.
Kitoblar
Inson tanish musiqa tinglash, eski fotosuratlarga qarash yoki oʻtmishdagi muhitni eslashi orqali nostalgiya tuygʻularini ataylab qoʻzgʻatishi mumkin. Ushbu usul keng tarqalgan boʻlib, nostalgiya tuygʻusini uygʻotish uchun koʻplab kitoblar nashr qilingan. Kitoblar nostalgiyani monetizatsiya qilishda qoʻllaniladigan koʻplab vositalarning biridir.
Reklama vositasi sifatida
Ommaviy axborot vositalari va reklamada nostalgiyani uygʻotuvchi tasvirlar, tovushlar va havolalardan strategik maqsadda isteʼmolchilar va mahsulotlar oʻrtasida bogʻliqlik hissi yaratish uchun jamoatchilikni reklama qilingan mahsulotlarni isteʼmol qilish, tomosha qilish yoki sotib olishga ishontirish uchun foydalanish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar nostalgiyani uygʻotuvchi reklama mavzusi, uslubi va dizayni orqali tayyorlaydi. Oʻtmishni sogʻinish tuygʻusi ijtimoiy tarmoqlar va reklama orqali osonlikcha aloqa qiladi, chunki bu ommaviy axborot vositalari koʻp his-tuygʻularning ishtirokini talab qiladi, oʻz gʻoyalarini toʻliq ifodalay oladi, shuning uchun oldingi hayotni koʻproq eslatib turadi.
Samarali reklama sxemalarida isteʼmolchilar nostalgiyani his qilishlari uchun muayyan voqea yoki vaqtni boshdan kechirishlari shart emas. Bu vakilnostalgiya deb ataladigan hodisaga bogʻliq. Vakil nostalgiya — bu xotira doirasidan oldin yoki undan tashqarida sodir boʻlgan, lekin unga qayta-qayta taʼsir qilish natijasi bilan bogʻliq (sentimental qiymatga ega) bir lahzaga hasratli intilish hissi. Reklama va boshqa ommaviy axborot vositalarining doimiy targʻiboti nostalgiyani keltirib chiqaradi.
Marketingning tartib doirasida ishlab chiqilgan, ideallashtirilgan shaxs kelajakka intilish sifatida tavsiflangan
forestalgiya nostalgiyaning kelajakka yoʻnaltirilgan hamkasbi boʻlib xizmat qiladi. Faqat baxtli xotiralar saqlanib qoladigan nostalgiya singari, forestalgiya insonlarnga hozirgi paytdan qochish niyatlarini, hozirgi tashvishlar yoq boʻlgan romantiklashgan kelajakni tushuntiradi. Marketing tadqiqotchilari gedonik va utilitar mahsulotlarni targʻib qilishda va mahsulotlarini ilgari surishda uzoq oʻtmishdagi nostalgiya va uzoq kelajakdagi forestalgiya reklamasi eng samarali yoʻl ekanligini aniqladilar. Bundan farqli oʻlaroq, uzoq oʻtmishdagi nostalgiya yoki yaqin kelajak forestalgiyasi bilan bezatilgan reklama koʻngilochar mahsulotlar uchun koʻproq mos edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org