Nosirbek Otaqoʻziyev




Nosir Otaqoʻziyev (1984-yil 30-yanvar) — sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Hozirda Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti.

Futbolchilik faoliyati



Klub



Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. U „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49ta gol urgan. Keyingi yillarda esa „Olmaliq“da oʻynadi va 2010-yilda oliy liganing ikki toʻpuraridan biriga aylandi. 2011-yilda Qarshining " Nasaf " klubiga koʻchib oʻtdi. Otaqoʻziev OFK kubogi −2011 guruh bosqichining birinchi bosqichida 77-daqiqada „Al-Ansor“ darvozasini ishgʻol qilgan edi.OFK kubogida gʻalaba qozonishida katta hissa qoʻshgan. U jami 5 ta gol urdi va oʻsha yilgi musobaqada Ivan Boshkovichdan keyin „Nasaf“ning 6 ta gol bilan eng yaxshi 2-toʻpurari boʻldi. Keyinchalik yana „Olmaliq“da, „Guliston“da, 2013—2014-yillarda yana „Neftchi“da oʻynagan. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ futbolchisi. Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan, Nosir 2019-yildan Neftchi jamoasi safiga qaytdi.

Terma jamoada



U 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz