Nosir Toʻra




Nosiruddin al-hanafiy , Nosir Toʻra (19-asr oʻrtalari, Buxoro — 1920chi yillar, Kobul) — Buxoro amirligi va Buxoro respublikasida ijod qilgan oʻzbek tarixchisi, amir Muzaffarning oʻgʻli.

Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati aʼzosi (1921—23). U Buxoro Arki tarixiga doyr "Tahqiqoti Arki Buxoro" asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bagʻishlangan "Osori salotin" ("Sultonlardan qolgan yodgorliklar"), "Tuhfat uz-zoirin" ("Ziyoratchilarga tuhfa", 1910-yilda Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), "Hodi uz-zoirin" ("Ziyoratchilar uchun koʻrsatkich"), "Kunuz al-atqiyo" ("Taqvodorlarga atalgan xazinalar") kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi bilan uning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afgʻonistonga yuborilgan (1923-yil iyul).

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz