Nosir Otaboyev




Nosir Aminjonovich Otaboyev (1938.12.8, Fargʻona) — rej., Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). Hamza teatrida rejissyor (1965—69), Fargʻona teatrida (1970—86), Satira teatrida (teatr tashkilotchilaridan; 1986—88), Muqimiy teatrida bosh rejissyor (1988—91; 1994—96), rejissyor (1996—2001). "Oq kabutar" (F. Musajonov), "Veronalik ikki yigit" (U. Shekspir), "Boʻron qushi" (R. Ishmurodov), "Mirzo Ulugʻbek" (M. Shayx-zoda) va boshqa O. sahnalashtirgan (Hamza teatrida) dastlabki spektakllardir. Fargʻona teatrida "Kumush tuy" (3. Fat-xullin; Ik. Akbarov), "Yaylov tongi" (Tamkin; S. Hayitboyev), "Oltin devor" (E. Vohidov), "Zavqiy" (Q. Mahkamov; S. Hayitboyev), "Tanbur nolasi" (M. Xalil; H. Rahimov), "Parvoz" (Uygʻun), "Bir oʻlikka bir tirik" (A. Ibrohi-mov), "Insonlikka nomzod" (Oʻ. Umar-bekov), "Oʻtgan kunlar" (A. Qodiriy); Muqimiy teatrida "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla; T. Jalilov), "Mushkul savdo" (M. Boboyev; S. Hayitboyev), "Bashorat" (E. Samandar; S. Hayitboyev) singari spektakllar, bolalar uchun bir qancha musiqali ertaklarni sahnalashtirdi. Satira teatri u sahnalashtirgan "To-butdan tovush" (A. Qahhor) spektakli bilan ochilgan. Keyinroq "Temir xotin" (Sh. Boshbekov), "Sabil qoldi" (F. Musajonov), "Gap egasini topadi" (S. Ahmad, O. Farmon, N. Otaboyev) kabi satirik komediyalarni sahnallashtirdi. 1992-yildan har yili respublikamizda oʻtkaziladigan Mustaqillik va Navroʻz bayramlari, shahar va shaxslar yubileylari, teatr va qoʻshiq festivallarini oʻtkazish tomoshalarini sahnallashtirishda katta hissa qoʻshib kelmokda.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz