Nosir Muhammad
Nosir Muhammad (asl ismi Nasriddin Muhammadiev,1946-yil 2-dekabrda tugʻilgan, Oʻzbekiston, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ qishlogʻi) — oʻzbek shoiri, tarjimon, xalqaro jurnalist. Yigirmaga yaqin she’riy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2008).
Tarjimai hol
Nasriddin Muhammadiyev 1946-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. 1964-1968-yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)da tahsil olgan. Mazkur ta’lim dargohidan soʻng u mehnat faoliyatini “Toshkent oqshomi” gazetasi tahririyatida boshlab, dastlab kichik adabiy xodimdan tortib, boʻlim mudirligiga koʻtarilgan.
1976-1979-yillarda Fors tili boʻyicha Eronda tarjimon boʻlib ishlagan. 1983-1993-yillarda “Yoshlik” yoshlar jurnalining mas’ul kotibi sifatida faoliyat olib borgan. Soʻng 1993-1994-yillarda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) xalqaro axborot boʻlimi bosh muharriri lavozimida ishlagan.
Nosir Muhammad 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining 1-kotibi boʻlib, ushbu lavozimda 1996-yilgacha ishlagan, ayni shu yili Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 1-kotibi sanalgan.
1999-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Matbuot xizmati yetakchi maslahatchisi boʻlgan.
Shoir 2005-yil oktabrdan Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori.
1980-1996-yillarda Oʻzbekiston boʻyicha mustaqil xalqaro sharhlovchi sifatida shuhrat qozongan. 1972-yildan — 1989-yilgacha Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Nosir Muhammad 2017-yilda 70 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdi.
Ijodiy faoliyati
U 20 ga yaqin kitoblar, rus va oʻzbek tilidagi koʻpgina she’larning muallifi sanaladi. Nosir Muhammadning she’rlari Moskva “Uygʻonish” (1977—1980-yillarda), “Ilhom” (1979-yil), “She’riyat” (1982-yilda) almanaxlarida hamda “Izhor” (2007-yilda) va “Vatan muhabbati” (2009-yilda) Toshkentda nashr etilgan. Bundan tashqari, shoirning Oʻzbekiston jurnal va gazetalarida davriy ijod namunalari chop etib boriladi.
Mukofot va sovrinlar
Havolalar
Rus adabiyotidagi yangi tarjimalar oʻzbek tilida (Wayback Machine saytida 2022-08-09 sanasida arxivlangan) Nosir Muhammadning tarjimonlik faoliyati
Shoirning san’at haqida goʻzal fikrlari (Wayback Machine saytida 9-iyul 2017-yil sanasida arxivlangan) intervyu shaklida
Manbalar
uz.wikipedia.org