Norvegiya milliy futbol terma jamoasi




Norvegiya milliy futbol terma jamoasi (norveg tilida: Norges herrelandslagi fotball, yoki norasmiy ravishda Landslaget) Norvegiya sharafini erkaklar xalqaro futbolida himoya qiladi. Jamoa Norvegiyaning futbol boʻyicha kengashi boʻlgan Norvegiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Norvegiyaning uy maydoni Oslodagi Ullevaal Stadioni hisoblanadi va jamoa bosh murabbiyi Ståle Solbakkendir. Norvegiya 3 marta FIFA Jahon chempionatida (1938, 1994, 1998), bir marta UEFA Yevropa chempionatida (2000) ishtirok etgan.

Norvegiya Braziliyaga qarshi barcha bahslarda magʻlubiyatsiz natija bilan qolayotgan yagona milliy terma jamoa hisoblanadi. Toʻrtta bahsda Norvegiya Braziliyaga qarshi 2 ta gʻalaba va 2 ta durang natijani qayd etgan. Ushbu natijalar uchta oʻrtoqlik bahsida (1988, 1997 va 2006-yillarda) va 1998-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi bahslarida qayd etilgan.

Tarixi



Norvegiyaning xalqaro futboldagi natijalari odatda Skandinaviya yarimorolidagi qoʻshnilari Shvedsiya va Daniyaga qaraganda pastroq boʻlgan. Ammo ular 1930-yillarning oxirida oltin davrni boshdan oʻtkazishgan. Olimpiya terma jamoasi mezbon Germaniyani magʻlubiyatga uchratib 1936-yilgi Olimpiya oʻyinlarida uchinchi oʻringa erishdi. Norvegiya, shuningdek, 1938-yilgi FIFA jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Chempionatda Italiyaga qarshi qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida yutqazib qoʻydi. Bu Norvegiyaning 56 yil ichidagi soʻnggi jahon chempionatida oʻtkazgan uchrashuvi boʻldi.

Urushdan keyingi yillarda, yaʼni 1980-yillargacha Norvegiya Yevropadagi kuchsiz jamoalardan biri hisoblangan. Ular bu davrda hech qachon jahon chempionati yoki Yevropa chempionatiga yoʻllanma ololmagan va odatda kvalifikatsiyani guruhining quyi pogʻonasiga yaqin oʻrinda yakunlashgan. Shunga qaramay, Norvegiya vaqti-vaqti bilan shov-shuvli natijalarni qayd etishi bilan shuhrat qozongan, masalan, 1965-yilda Yugoslaviyaga qarshi uchrashuvda 3-0 hisobida gʻalaba, 1968-yilda Fransiyaga qarshi 1-0 hisobida gʻalaba, 1981-yilda Angliyaga qarshi 2-1 hisobidagi gʻalabalar qayd etilgan.

Jamoa formasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar




Tarkib




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz