Norvegiya Dengizi




Norvegiya dengizi  — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida joylashgan dengiz. Skandinaviya yarim orol bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy orollari oraligʻida joy olgan. Atlantika okeanidan suv osti tizmasi bilan ajralib turadi. Maydoni 1,383,000 km (534,000 mi²) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 3970 m ga teng. Iliq oqim oʻtganligi sababli, dengiz suvi qishda muzlamaydi. Suvining temperaturasi fevralda 8—12° C ni tashkil etadi. Shoʻrligi 34—35,2°/oo ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (uning oʻrtacha balandligi 3,3 m gacha boʻladi). Dengiz suvi baliqqa boy.
Asosiy portlari:

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz