Norvegiya ayollar ligasi




Norvegiya ayollar ligasi (shuningdek, Toppserien nomi bilan ham mashhur) Norvegiyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori darajasi. Norvegiya ayollar ligasi 1984-yilda tashkil etilgan.

Tarixi



Dastlab ayollar ligasi futboli 1977-yilda okrug miqyosida joriy etilgan. Bu kichich okrug ligalari 1979-yilda mintaqaviy (Janubiy) ligaga saralash vazifasini bajargan. Mintaqaviy ligalar 1984-yil Norvegiya ayollar ligasi tashkil etilgunga qadar faoliyat koʻrsatgan. Oʻshanda ligalar uchta mintaqaga boʻlingan: Sharqiy-Norvegiya guruhi (Østlandet), Gʻarbiy-Norvegiya guruhi (Vestlandet) va Markaziy Norvegiya guruhi (Trøndelag). Ammo Shimoliy Norvegiya mintaqasidan (Nord-Norge) hech qanday jamoa oʻynamadi. Uch guruh g‘oliblari pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishdi. 1983-yilda Oʻrta Norvegiya va Sharqiy Norvegiya guruhi gʻoliblari oʻrtasida chempionat pley-offi oʻtkazilgan (Trondheims-Orn jamoasi Setskog jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan), ammo bu chempionat norasmiy hisoblangan.

Norvegiya ayollar ligasi 1984-yildan 1995-yilgacha 1. divisjon (norvegchadan tarjimada 1-divizion), 1996-yildan 1999-yilgacha Eliteserien (norvegchadan tarjimada Elita Ligasi) va 2000-yildan hozirga qadar Toppserien (norvegchadan tarjimada Top Liga) nomlari bilan tanilgan. Ayollar oʻrtasidagi Norvegiya kubogi 1978-yildan beri oʻtkazib kelinadi.

Formati



Norvegiya ayollar ligasi hozirda 12 ta jamoadan iborat boʻlib, ular oʻzaro 2 marta (uyda va safarda) jami 22 ta oʻyin oʻtkazishadi. Mavsum apreldan oktyabrgacha davom etadi. Jamoalar reytingi quyidagi ososda shakllantiriladi:

2022-yilgi mavsum jamoalari




Norvegiya ayollar ligasi chempionlari roʻyxati




Chempionlar roʻyxati



Quyida 1984-yildan beri Norvegiya ayollar ligasida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan jamoalar roʻyxati keltirilgan.

Chempion jamoalar reytingi



1984-yildan beri Norvegiya futbolida yuqori diviziyasida quyidagi klublar gʻolib chiqdi.

2021-yilgi mavsum holatiga koʻra:

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz