North Carolina




Shimoliy Karolina – Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Raleigh shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin - Dakota Territory.

AQShning sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 136,4 ming km². Aholisi 8,3 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Roli shahri Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, gʻarbi Appalachi togʻlari (eng baland joyi 2037 m) va Pidmont platosida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-gʻarbida 0° dan, janubisharqida 8° gacha, iyul oyida shimolida 24°, janubida 26°. Yillik yogʻin 1000–1300 mm. Daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. Appalachi togʻlarida keng bargli oʻrmonlar qisman sakdangan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — toʻqimachilik sanoati. Shtat ip gazlama ishlab chiqarish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Tamaki, yogʻochsozlik (mebel), tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Alyuminiy eritiladi, kimyoviy tolalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik rivojlangan. Asosiy ekini — tamaki, shuningdek, yer yongʻoq, makkajoʻxori, sabzavotlar ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol, choʻchqa boqiladi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz