Normovolemiya
Normovolemiya — patologik jarayonlarda qon umumiy hajmining meʼyoriy holatda boʻlishi.
Qon patologiyasi, uning umumiy hajmi oʻzgarmagan holda, qon hujayralari bilan plazma oʻrtasidagi oʻzaro nisbatning oʻzgarishlidan ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday oʻzgarishlarning ikki xili maʼlum boʻlib, ularning biri oligositemik va ikkinchisi polisitemik normovolemiyalardir.
Qon tana massasining 5-7 % qismini tashkil qiladi, uning shundan 4/5 qismi sirkulyatsiya jarayonidada qatnashadi. Gematokrit koʻrsatkich erkaklarda oʻrta 47 %,ayollarda 42 % tashkil qiladi.
Gipervolemiya — organizmdagi suyuqlik miqdorining oshishi hisoblanadi. Gipervolemiya sirkulyatsiyadagi qonning hajmining koʻpayishi 3 xil shaklda boʻladi.
Gipovolemiya — aylanib yurgan qon sirkulyatsiyadagi qon hajmining kamayishiga hisoblanib, bu ham uch xil ko'rinishda boʻladi.
1. Oddiy gipovolemiya — bunda qonda shaklli elementlar bilan plazmaning kamayishi bir tarzda boʻlib gematokrit koʻrsatkich normada boʻladi. Oddiy gipovolemiya bir yoʻla koʻp qon yoʻqotilganda, organizm shok holatida boʻlganda (qonning koʻp qismi sirkulyatsiyada qatnashmasligi) kuzatilishi mumkin.
2. Politsitemik gipovolemiya — qonning suyuq qismi, plazmasining kamayishi oqibatida kelib chiqib, organizm suvsizlanishi holatiga olib kelishi (issiqlash, koʻp terlash, qusish, tez-tez ich ketish,) kuzatiladi. Laboratoriya analizlarida gematokrit koʻrsatkichi normadan yuqori boʻlishi kuzatiladi.
3. Oligotsitemik gipovolemiya — qonning shaklli elementlarining kamayishi tufayli sodir boʻlib, asosan organizmda anemiya holatlari kuzatilib, bunda qon tahlilida gematokrit koʻrsatkich normaga nisbatan kamayganligi aniqlanadi. Qon yoʻqoganda:
Organizm 10 % qon yoʻqotsa qon bosim va yurak urushi oʻzgarmaydi, lekin vena bosimi kamayadi. 50 % — qon yoʻqotish esa odam hayoti uchun xafli hisoblanadi. 60 % — qon yoʻqotganda esa, gipovolemik shok holati kelib chiqadi. Ana shu holatlarda shoshilinch holatlar koʻrilmasa oʻlimga olib kelishi mumkin.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org