Normativ-huquqiy hujjatlar




Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega.
Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:

Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:

Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz