Normat Tursunov
Normat Tulkunovich Tursunov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 8-noyabr 2021-yilda Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Biografiya
Normat Tursunov 1994—2010-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda, 2010—2015-yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig'ining oʻrinbosari, 2015—2017-yillarda Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 2018—2021-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan.
2021-yildan - Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.
Manbalar
uz.wikipedia.org