NORMANDIYA OROLLARI – La Mansh bo’g’ozidagi bir guruh orollar, Normandiya sohillari yaqinida, Buyuk Britaniya tarkibida. Maydoni 196 kilometr kvadrat. Ikkita yirik (Gernsi va Jersi) va bir qancha mayda orollardan iborat. Granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 148 metr. Iqlimi mo’tadil iqlim. Baliq ovlash, gulchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Sent-Xelier porti — yirik moliyaviy markaz.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish