Noriaki Kasai




Noriaki Kasai (yaponcha: 葛西 紀明 Kasai Noriaki?) — 1972-yil 6-iyunda tugʻilgan yaponiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Uning faoliyatidagi yutuqlari orasida 1992-yil changʻida uchish boʻyicha jahon chempionatida oltin medal, 1999-yilgi Shimoliy turnirida gʻalaba qozonish, 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida shaxsiy kumush medal va 2003-yilda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida ikkita shaxsiy bronza medali bor.

Faoliyati davomida Kasai changʻida sakrash boʻyicha koʻplab rekordlarni yangilagan. 2016-yilda nafaqat changʻidan sakrash boʻyicha, balki Xalqaro changʻi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Jahon kubogining barcha yoʻnalishlarida eng koʻp yakkalik Jahon kubogi startlari uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ikkita sertifikat bilan taqdirlangan. Jahon kubogi darajasida Kasai 1988—1989-yil va 2019—2020-yillar oraligʻida 31 mavsum davomida faol ishtirok etgan.

Faoliyati



1988-yil: Jahon chempionati debyuti



Kasai 1988-yil 17-dekabrda Yaponiyaning Sapporo shahrida 16 yoshida jahon chempionatida debyut qilgan va 31-oʻrinni egallagan. Bir yil oʻtgach, Finlandiyaning Lahti shahrida oʻzining birinchi Shimoliy jahon chempionatida qatnashgan.

1992-yil: Jahon chempioni



Noriaki 1992-yilda Chexoslovakiyaning Xarraxov shahrida boʻlib oʻtgan XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon chempionatida birinchi va hozirgi kungacha yagona yirik chempionlikni qoʻlga kiritgan. Kuchli shamol va Kristof Daffnerning halokatidan keyin bekor qilingan musobaqaning ikkinchi kunidan soʻng gʻalaba qozongan. Oʻsha paytda u oʻzining gʻayrioddiy uslubi bilan tanilgan dunyoning eng zoʻr changʻichilaridan biri boʻlib, gavdasini changʻi orasida deyarli tekis ushlab turara olgan.

1994-yil: Olimpiya terma jamoasi medali



1994-yilda u Yaponiya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida katta tepalik jamoaviy bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgan va yakka tartibdagi katta tepalikda beshinchi oʻrinni egallagan. Yelkasi singanidan keyin 1994—1995-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborgan.

Turnirning asosiy natijalari



Olimpiada




Shaxsiy hayoti



2016-yil 30-yanvarda uning rafiqasi Rino ismli qizini dunyoga keltirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz