Norfloksatsin
Norfloksatsin - bakteritsid ta'sirga ega dori vositasi. Ftorxinolonlar guruhining II avlod vakili.
Farmakologik ta'siri
DNK girazani ingibitsiya qilish orqali bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, bu ferment bakteriyalarda superspirallanishni ta'minlaydi va shu bilan bakterial DNKning barqarorligini kafolatlaydi. DNK zanjirining beqarorligi esa bakteriyalarning o'limiga olib keladi. Norfloksatsin keng spektrli antibakterial ta'sirga ega. Ta'sir davomiyligi taxminan 12 soat.
Bakteriyalarning norfloksatsinga sezuvchanligi
Sezuvchan
Preparatga har xil sezuvchanlikka ega
Sezgir emas
Farmakokinetikasi
Nolitsin tez, ammo to'liq so'rilmaydi (20-40%), ovqatdan keyin preparatning so'rilishi sekinlashadi.
Qon plazmasidagi Cmax ga 1-2 soatdan keyin erishiladi va bu dozaga qarab 0,8 dan 2,4 mkg/ml gacha bo'ladi. Norfloksatsinning plazma oqsillari bilan past bog'lanish qiymati (10-15%) va lipidlarning yuqori eruvchanligi preparatning keng tarqalishiga va a'zolar va to'qimalarga (buyrak parenximasi, tuxumdonlar, urug' kanalchalari suyuqligi, bachadon, qorin bo'shlig'i va tos a'zolari, o't suyuqligi, ona suti) yahshi kirib borishiga olib keladi. GEB va platsenta orqali kira oladi. Antimikrob ta'sirining davomiyligi taxminan 12 soat. Kichik darajada jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 - 3-4 soat. Buyraklar, glomerulyar filtratsiya va kanalcha sekretsiya orqali chiqariladi. Qo'llash paytidan boshlab 24 soat ichida dozaning 32% qismi buyraklar orqali o'zgarmagan holda, 5-8% - metabolitlar shaklida chiqariladi; qabul qilingan dozaning taxminan 30% o't suyuqligi bilan chiqariladi.
Preparatni qo'llashga ko'rsatmalari
Preparatga sezgir patogenlar keltirib chiqaradigan yuqumli va yallig'lanish kasalliklari:
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan:
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish
Homiladorlik paytida va emizishda foydalanish havfsizligi o'rganilmagan. Homiladorlik paytida tayinlash faqat sog'liq uchun, ona uchun mo'ljallangan foyda homila uchun potentsial havfdan yuqori bo'lganda mumkin. Agar laktatsiya davrida preparatni qo'llash kerak bo'lsa, emizish to'xtatilishi kerak.
Nojo'ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimidan: ishtaha yo'qolishi, og'izda achchiq ta'm, ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i, diareya, psevdomembranoz enterokolit (uzoq muddat foydalanilganda), jigar transaminazalari faolligining oshishi.
Siydik chiqarish tizimidan: kristalluriya, glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, albuminuriya, uretradan qon ketishi, mochevina va plazma kreatininining ko'payishi.
Nerv sistemasi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, hushidan ketish, uyqusizlik, gallyutsinatsiyalar. Keksa bemorlarda bo'lishi mumkin: charchoq, uyquchanlik, tashvish, asabiylashish, qo'rquv, tushkunlik, boshdagi shovqin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, qon bosimining pasayishi, vaskulit.
Allergik reaksiyalar: toshma, teri qichishishi, torvoq, shish, yomon sifatli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi).
Tayanch-harakat tizimidan: artralgiya, tendonit, pay yorilishi (odatda ta'sir etuvchi omillar bilan kombinatsiyalangan holda).
Qon yaratsih tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, gematokritning pasayishi.
Boshqalar: kandidoz.
Maxsus ko'rsatmalar
Norfloksatsin bilan davolanish davrida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak (diurez nazorati ostida).
Terapiya paytida protrombin indeksi oshishi mumkin (jarrohlik aralashuvi paytida qon ivish tizimining holatini kuzatish kerak).
Norfloksatsin bilan davolash paytida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan qochish kerak.
Paylarda og'riq paydo bo'lishi yoki tendovaginitning dastlabki belgilarida preparatni to'xtatish kerak. Norfloksatsin bilan terapiya paytida ortiqcha jismoniy zo'riqishlardan qochish tavsiya etiladi.
Asetilsalitsil kislotasiga, azobo'yoq E110 ga allergik reaktsiya mavjud bo'lsa, bronxospazmgacha bo'lgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Varfarinning ta'sirini kuchaytiradi. Kofein bilan birgalikda qo'llanilganda, u jigarda kofein almashinuvini pasaytiradi (uning chiqarilishini sekinlashtiradi va qondagi konsentratsiyasini oshiradi).
Avtomobilni haydashda va diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potentsial havfli faoliyat bilan shug'ullanishda ehtiyot bo'lish kerak (ayniqsaalkogol ichilgan bo'lsa).
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org