Norboy Karimov




Norboy Gʻaniyevich Karimov (1967-yil, Jizzax viloyati Baxmal tumani) – iqtisod fanlari doktori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori.

Biografiyasi



1967-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tugʻilgan.

1987-1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida tahsil olgan. 1992-1995-yillarda Toshkent moliya instituti aspiranturasini tamomlagan va 2005-yilgacha shu oliygohda katta oʻqituvchi, kafedra mudiri, dekani lavozimlarida ishlagan.

1998-yilda „Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va ularni moliyaviy taʼminlash“ mavzusida nomzodlik, 2007-yilda „Iqtisodiy integratsiya sharoitida investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2005-2011-yillarda Toshkent bank kolleji direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligining rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va boshqarish boshqarmasi hamda kasb-hunar kollejlari boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish kafedrasi mudiri.

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashi aʼzosi.

80 dan ortiq ilmiy maqola va risolalar, 20 dan ortiq oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Malayziya, Shveytsariya va Xitoyda amaliyot oʻtagan. 20 ga yaqin tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi.

Tadqiqotlari



1. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va operatsion texnologiyasi;

2. Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashning zamonaviy tizimi;

3. Iqtisodiy xavfsizlik;

4. Investitsion loyihalar uchun bank kreditlari;

5. Oʻzbekistonda lizing xizmatlarining rivojlanishi;

6. Biznes – tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini diagnostika qilish;

7. Innovatsion texnologiyalarni venchur moliyalashtirishni tashkil etish.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz