Norboy Beknazov




Beknazov Norboy – (1934-yilda Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug‘ilgan) iqtisod fanlari nomzodi, professor.

Tarjimai holi



Norboy Beknazov 1934-yilda Jizzax viloyati Jizzax tumani Robot qishlog‘ida tavallud topgan.
1949-1953-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan.
1953-1958-yillarda Toshkent davlat universitetining Tarix fakultetida tahsil olgan.

Faoliyati



1958-1959-yillarda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi 24 – sonli o‘rta maktabda o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
1959-1970-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining iqtisod institutida kichik va katta ilmiy xodim vazifasida ishlagan.
1970-1973-yillarda Toshkent davlat universitetida tarix fakulteti, Siyosiy-iqtisod kafedrasi katta o‘qituvchisi;
1974-1975-yillarda shu kafedraning dotsenti;
1988-199-yillarda Ijtimoiy fakultetlar Siyosiy-iqtisod kafedrasi mudiri;
1993-1996-yillarda mazkur kafedra professori;
1996-yildan to umrining oxirigacha Toshkent davlat yuridik instituti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Yutuqlari



1967-yili Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan;
1973-yili Dotsentlik darajasiga ega bo‘lgan;
1989-yili Professorlik unvonini olgan;
1996-yili ToshDU mohir pedagog tanlovi g‘olibi.
Ijtimoiy hayotdagi faolligi
1970-2003-yillar mobaynidaa „Olimlar“ mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Ilmiy ishlari



Professor Beknazov muallifligida 120 dan ortiq ilmiy maqola, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. Ularning 5 tasi monografiya, 2 tasi iqtisodiyot nazariyasiga oid darslik va 3 tasi o‘quv qo‘llanmalardir.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz