Noraztepa




Noraztepa — arxeologik yodgorlik, istehkomsiz qishloq (X—XII, XV asr). Toshkent shahrining shimoliy qismida (Chuqursoyda) joylashgan.

1969-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti arxeologik ekspeditsiyasi qazish ishlari oʻtkazgan.

Qishloq balandligi 5 m, eni 80 m lik tepalikdan iborat. Qazishmalar natijasida qishloq X asrda vujudga kelganligi va devor bilan oʻralganligi aniqlandi. XI asrda katta yongʻin boʻlishiga qaramay, XIII asr boshiga qadar unda hayot boʻlgan. Binkat atrofidagi boshqa qishloklar singari Noraztepa ham shahar sav-do yoʻli ustida barpo etilgan va shahar atrofidagi obod yerlardan biri sanalgan. XV asrda qishloq harobalari oʻrnida hayot qisman qayta tiklangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz