Norak Ges




Norak ges — Tojikistondagi eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri, Vaxsh daryosida, Norak shahri yaqinidagi Pulitangin darasida 1961-yildan kurila boshlagan. GESning loyiha quv-vati 2700 MVt (300 MVtli 9 agregatdan iborat). 2 ta agregati 1972-yilda, oxirgi agregati 1979-yilda ishga tushi-rilgan. GES yiliga 11,2 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chikaradi. Tojikiston janubidagi sanoat majmualarini energiya bilan taʼminlaydi. GES suv ombori, toʻgʻon va elektr st-yasida’n iborat. GES toʻgʻoni balandligi 310 m dan ortiq (jahonda eng baland toʻgʻon). Bu toʻgʻon oʻrtacha 645 m³/sek suv oʻtkaza-digan uskunalar bilan jihozlangan. GES 275 m suv bosimi ostida ishlaydi. Elektr energiyasi 500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqdari orqali Oʻrta Osiyo "Energiya" birlashgan energetika tizimiga ulangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz