Norah Aiton
Norah Aiton (1903-1988) modernistik uslubning dastlabki tarafdori boʻlgan britaniyalik arxitektor. Taxminan 1930-yilda u sherigi Betty Scott bilan
Aiton va Scott arxitektura amaliyotini amalga oshirishdi. Ularning eng mashhur ishi Derbidagi Aiton & Company quvurlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya uchun qilgan ofis binosi edi. Bu moder uslubida qoʻllanilgan ilk binolar qatorida. Shu bilan birga ushbu bino oʻsha vaqtdagi kam sonli ayol arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan bino sifatida yodda qolgan.
Tarjimai holi
Aiton 1903-yil 13-iyunda Londonda tug‘ilgan. Nikohidan oldin Gollandiya fuqarosi bo‘lgan. U Stoopning qizi hisoblanadi. Otasi John Artur Aiton po‘lat quvurlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan muhandis. John Derbi shahrida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan taniqli shaxsga aylandi. Aiton ikki ukasi va ota-onasi bilan Derbiga koʻchib oʻtgan. U yerdagi Girton kollejiga bordi va 1923-yilda Cambridg Mathematical Triposida oʻqidi. Lekin 1924-yilda Cambridg arxitektura maktabida oʻqish uchun Britaniya meʼmorlari Qirollik institutiga (RIBA) yoʻl oladi. Norah u yerda stipendiya sohibiga aylandi. Ammo kursni oxirigacha tugatmadi. U Architectural Association School(AAS) maktabida oʻqishni davom ettirdi. U maktabda 1 929-yilgacha oʻqidi va RIBA diplomini oldi.
Architectural Association Schoolda Norah kelajakdagi biznes sherigi Betty Scott bilan uchrashdi. AAS oʻquv dasturi hali modernizmni oʻz ichiga olmagan edi. Ammo Aiton kontinental modernistik dizayndan xabardor boʻlgan. U Gollandiyaga bir necha bor sayohat qilgan va PJH Kuypers ofisida ishlagan. 1933-yilda Sedgwick, Collins & Co kompaniyasining egasi Nikolaas Tollenaarga turmushga chiqdi. U 1934-yilda Britaniya fuqaroligini oldi. Norah professional ravishda Norah Aiton nomi bilan tanilgan. Ammo, turmushga chiqqanidan soʻng Norah Tollenaar ismidan ham foydalangan.
Faoliyati
Aiton intervyu berayotganida „poʻlat va shishadagi ultra zamonaviy dizaynlarga“ ishtiyoqi haqida gapirgan va u qisman Piet Mondrian sanʼatidan ilhomlangan De Stijl nomli Gollandiya dizayn maktabiga qoyil qolgan. Stoke Pogesda Scottning ota-onasi uchun uyni loyihalashtirgandan soʻng, hamkorlikka Derbidagi Aitonning otasining ishlab chiqarish maydonchasi uchun ofislar yaratish imkoniyati berildi. Eklektik Scottdan farqli oʻlaroq, Aiton modernizmga chin dildan ishtiyoqmand edi.
Aitonning otasi arxitektorlarga harbiy kemalar va elektr stantsiyalari uchun quvurlarni yetkazib beruvchi zavodga ega edi. Ularning dizayni bilan esa qizi Aiton shugʻullanar edi. Bu Aiton & Co jamoasining yuqori sifatli quvurlardan foydalanishda yordam berdi. Quvurlardan ichki panjaralarda va boshqa joylarda foydalanildi.
Tarixiy Angliya buni „zamonaviy yoki xalqaro arxitektura uslubining juda yaxshi va juda erta namunasi“, „ayol arxitektorlar hamkorligi tomonidan ishlab chiqilgan eng qadimgi sanoat binolaridan biri“, — deb ataydi. Architects Journal uni „yuqori texnologiyali dizaynning dastlabki naʼmunasi“, — deb taʼriflagan.
Aiton va Scott London shahridagi Sloan koʻchasida joylashgan binolarning birida ish olib borishgan. Ularning boshqa loyihalariga bosmaxona, Chislehurstdagi maymun qafaslari va baliq akvariumlaridan tashkil topgan xususiy hayvonot bogʻi, cherkovlar va turli xususiy uylar kiradi. Ularning ishlari matbuotda, kitoblarda, savdo jurnallarida, RIBA koʻrgazmalarida namoyish etilgan. Ammo ular modern uslubidagi dizaynning asosiy tarixiga kiritilmagan. Arxitektura tarixchisi Lin Woker va boshqalar bu holat haqida Buyuk Britaniyadagi modernistik arxitektura tarixi erkaklar nuqtai nazaridan yozilganligi bilan izohlashadi. Aiton 20-30 yosh oraligʻida bir necha bor „ayol arxitektor“ sifatida tanilishga ulgurdi. Uning ishlariga ayollar faoliyatidagi yangi shaxslardan biri sifatida qarashadi. 1935-yilda AAS ayol meʼmorlarining loyihalari koʻrgazmasini oʻtkazganida Londonda 40 ga yaqin ayol meʼmorlar borligi aytilgan.
Keyingi faoliyati
Aitonning faoliyati Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan keyin davom etmagan boʻlsa-da, uning sanʼat va dizaynga qiziqishi davom etdi. U zamonaviy sanʼat jamiyati aʼzosi boʻlgan va dekorativ sanʼat toʻplamiga egalik qilgan. Norah Raul Dufining amakivachchalari Kessler oilasining portretiga mualliflik qilgan.
U 1988-yil 22-avgustda Jersida taʼtil paytida vafot etdi va oʻzidan qariyb 1 million funt sterling qoldirdi.
Qarindoshlari
Aitonning amakisi gollandiyalik taniqli neft tadqiqotchisi Adrian Stoop edi. U sanoatchi Dolf Kessler bilan ham qarindosh edi. Norah 1929-yilda innovatsion arxitektor Hendrik Woudaning uyini foydalanishga topshirgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org