Noni sharbati




Noni sharbati  – Janubi-sharqiy Osiyo hamda Avstraliyaning Morindo hududidagi citrifolia daraxti mevasidan tayyorlanadi. U koʻpchilik tomonidan kasalliklarni bartaraf etuvchi vosita isfatida ishlatiladi. Ammo davolovchi xususiyatlari haqida yetarlicha maʼlumotlar mavjud emas.

Tarixi



1998-yil 26-avgustda Arizona, Kaliforniya, New Jersey, Texas davlatlari noni sharbati ishlab chiqarish boʻyicha kelishuv imzolagan. Uning doirasida isteʼmolchilar, reklama agentliklari tomonidan davo qilingan sharbatning tibbiy ahamiyati koʻrib chiqilgan. Bunga koʻra, sharbat diabetik, depressiyaga qarishi tasir qiladi, gemoroy, artrit kasalliklarini davolashda samarali hisoblanadi.

Shartnoma xulosalari boʻyicha Morindo quidagilarga rozi boʻldi:

Dorivorligi



2004-yilda AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasi Flora shtatiga oziq-ovqat, dori-darmon va kosmetika toʻgʻrisidagi federal qonunning birinchi boʻlimini buzganligi uchun ogohlantirish berdi. Flora sharbat ishlab chiqaruvchilari tomonidan noni sharbati dorivorligi boʻyicha 12 ta asossiz davolar aniqlangan. FDA maktubida noni sharbatidagi fitokimyoviy skopoletin va damnakantal moddalarining sogʻlik uchun foydalari va organizmda biologik faolligi aniqlanmagan. Bundan tashqari uning sogʻliq uchun foydalarida ilmiy asos yoqligi ikki olim: Isabella Abbot va Ralph Heinicke tomonidan aytib oʻtilgan.

Zaharliligi



Noni sharbati tayyorlanadigan mevalarning barglari, ildizi va mevalari ham jigar va boshqa organlar uchun zaharli hisoblanadi. 2005-yilgi klinik qaydlarda tahitian noni sharbatini isteʼmol qilishdan oʻtkir gepatit kasalligi holatlari kuzatilgan. 2006-yilda ushbu holat Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi hizmati tomonidan koʻrib chiqilgan, meva tarkibidagi moddalarning jigar hujayralariga taʼsiri oʻrganilgan. AQSh Milliy qoʻshimcha va Integrativ Salomatlik markazi jigar kasalligi bor odamlarga noni sharbati isteʼmol qilmaslikni maslahat bergan.

Noni sharbatidan salbiy holatlar koʻpayganligi sababli Fransiya, Finlandiya, Irlandiyada oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha idoralar va Germaniyada tibbiy tergov nazoratlari tashkil qilingan.

Noni sharbati tarkibida koʻp miqdorda kaliy elementi boʻlganligi sababli u buyraklar faoliyatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu bilan esa dietadagi odamlar noni sharbati isteʼmol qilishni cheklash kerakligi tushiniladi.

Kasalliklarda ahamiyati



Noni sharbati hamda mevalari ham tibbiyotda OIV, yurak kasalliklari, saraton kabilarni davolashda tagʻrib qilinadi. Amerika saraton jamiyati tomonidan aytilgan eʼtirof boʻyicha esa u saraton kasalligini davolashi haqida manbalarda isbotlanmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz